Daryo

Oddiy va to‘yimli: nonushtaga kolbasa va pishloqli rulet tayyorlaymiz

Mazali taomlarni yaxshi ko‘rganlar uchun mazkur retsept ayni muddao

1 daqiqa o‘qish50 088 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kam vaqt sarflab mazali taom tayyorlashning iloji bor. Mazkur retsept buning uchun ayni muddao.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Kolbasa — 200 gr
  • Bodring — 1-2 dona
  • Bulg‘ori qalampiri — 1 dona
  • Pishloq — 100-150 gr
  • Sarimsoq piyoz — 1-2 dona
  • Mayonez — 2 osh qoshiq
  • Lavash xamiri
  • Salat bargi
Tayyorlanish jarayoni:
  • Kolbasa, bodring va bulg‘ori qalampirini o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Sarimsoqni maydalab, pishloq va mayonez bilan qo‘shib aralashtiring.
  • Lavash xamiriga pishloqli aralashmani surting, ustidan salat bargi qo‘ying.
  • Kolbasa, bodring va bulg‘ori qalampirini ham terib chiqing.
  • Rulet shaklida o‘rang va 20-25 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  • Dasturxonga tortishdan avval bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar