Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Jastin Getji yengil vazn divizioni chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: UFC

Amerikalik jangchi o‘lishga to‘g‘ri kelsa ham taslim bo‘lganini bildiruvchi harakatni ishlatmasligini ma’lum qildi.

“Agar raqib bo‘g‘ish usulini qo‘llaydigan bo‘lsa, men taslim bo‘lmayman. Hushni yo‘qotish qo‘rqinchli emas. Biroq taqdirimga o‘lish yozilgan bo‘lsa, shunday bo‘la qolsin. Men tayyorman”, — deydi Getji.

24-oktabr, shanba kuni BAAdagi “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi. Asosiy janglar 23:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!