Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi qarorgohi polizida yetishtirilgan kartoshkaning yarmini militsiyaning maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (OMON) xodimlariga berdi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Foto: Telegram / “Pul pervogo”

Ma’lum qilinishicha, Lukashenko kartoshkani “Drozdi” qarorgohidagi yer uchastkasidan tergan. Bu joyda nafaqat kartoshka, balki tarvuz ham yetishtiriladi. Mazkur uchastkadagi hosil avgust oyining oxirida yoki sentabr oyining boshida yig‘iladi. Odatda bu jarayonda Lukashenkoning o‘zi, uning kichkina o‘g‘li Nikolay va ko‘plab qizlar ishtirok etadi.

Avvalgi yillarda Lukashenkoning uchastkasidan yig‘ilgan hosil bolalar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan kishilar joylashtiriladigan ijtimoiy muassasalarga jo‘natilgan. Shuningdek, aktyor Stiven Sigalga ham sabzavotlar ulashilgan (Lukashenkoning shaxsan o‘zi aktyorga sabzi tozalab bergan).

2020-yilda Lukashenkoning uchastkasidan yig‘ilgan hosilning yarmi unga Belarusdagi namoyishlarni bostirishda yordam bergan militsiyaning maxsus topshiriqlar bo‘linmasiga taqdim etilgan.

2015-yil

2017-yil

2019-yil

Kartoshka hosilining bir qismi OMONga taqdim etilishi ijtimoiy tarmoqlarning Belarus segmentida turli memlarning tarqalishiga olib keldi.