Daryo

Aleksandr Lukashenko koronavirusni chalg‘io‘roq yordamida davolash mumkinligini aytdi

Lukashenkoning ma’lum qilishicha, viloyat gubernatori har kuni ertalab chalg‘io‘roq bilan o‘t o‘rgan va bu uning tez sog‘ayishiga imkon bergan

1 daqiqa o‘qish69 766 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vitebsk viloyati gubernatori qanday usul bilan koronavirusdan tuzalgani haqida gapirib berdi, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Regnum

Lukashenkoning ma’lum qilishicha, viloyat gubernatori har kuni ertalab chalg‘io‘roq bilan o‘t o‘rgan va bu uning tez sog‘ayishiga imkon bergan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu u tomonidan avvalroq aytilgan, “traktor hamma narsani davolaydi”, degan nazariyani tasdiqlaydi.

“Bu aynan men dastlab hazillashib aytgan ‘traktor hamma narsani davolaydi’, degan so‘zlarim. Hech bir holatda ekin ekish kampaniyasini to‘xtatish mumkin emas edi, aks holda hozir och qolgan bo‘lardik”, — deya ta’kidlagan Lukashenko.

Shuningdek, Belarus rahbari COVID-19 tarqalishi vaqtida toza havoda bo‘lishning muhimligiga e’tbor qaratgan.

“Albatta, toza havoda ishlash kerak. Hech qanday holatda odamlarni bir xonali, ikki xonali kvartiralarga qamash mumkin emas edi”, — dedi prezident.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarusda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy mashinasi va ko‘chmas mulki yo‘qligi ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar