Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilda butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining hukm surayotganligi hamda ushbu murakkab vaziyatning yurtimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligiga qaramasdan, Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan oqilona chora-tadbirlar natijasida respublikamiz iqtisodiyotining o‘sish sur’ati saqlanib qolinishiga erishildi. Natijada, xalqaro reyting agentliklari Fitch Ratings va Standard and Poor’s tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga suveren kredit reytingi bahosi tegishli tartibda “BB-” (barqaror) va “B+” (barqaror) darajalarida berildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3877-son hamda 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida jadal ishlar amalga oshirildi.

Xususan, “O‘zbekgidroenergo” AJ ijro apparati tizimida 2020-yilning mart oyida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”(MHXS) bo‘limi tashkil etilib, dunyoning yetakchi “to‘rtlik” auditorlik tashkilotlariga kiruvchi PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkiloti bilan hamkorlik asosida “O‘zbekgidroenergo” AJ moliyaviy faoliyati xalqaro standartlar talablariga binoan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazildi.

Ushbu yo‘nalishda olib borilgan jadal ishlar natijasida, 2020-yilning oktabr oyida “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim korxonalarining 2017—2019-yillar MHXS asosida tayyorlangan “birinchi tatbiq etilgan” konsolidatsiyalangan (umumlashgan) moliyaviy hisobotiga PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi olindi.

“O‘zbekgidroenergo” AJning moliyaviy barqarorligini va investitsion jozibadorligini aniqlash maqsadida, joriy yilning iyun oyida Jamiyatning xalqaro kredit reytingini olish uchun jahonning yetakchi “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bilan shartnoma imzolandi.

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy holatini o‘rgandi, balki uning korporativ boshqaruv tizimini, biznes strategiyasini, ichki normativ hujjatlarining yuritilishi va boshqa yo‘nalishlarni chuqur o‘rganib, tahlil qildi.

Chapdan o‘ngga: “O‘zbekgidroenergo” AJ MHXS bo‘limi boshlig‘i Lazizxo‘ja Usmonov, Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Hasan Haydarov, hamda O‘tkir Muhammadiyev PwC audit bo‘yicha mutasaddi rahbari, Kumarbek Berdikulov PwC audit bo‘yicha direktori

Chapdan o‘ngga: “O‘zbekgidroenergo” AJ MHXS bo‘limi boshlig‘i Lazizxo‘ja Usmonov, Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Hasan Haydarov, hamda O‘tkir Muhammadiyev PwC audit bo‘yicha mutasaddi rahbari, Kumarbek Berdikulov PwC audit bo‘yicha direktori

Jamiyatimizda faoliyat yuritayotgan minglab ishchi-xodimlarning mehnati samarasi va reyting agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar, chuqur tahlillar hamda korxonalar faoliyatining odil baholanishi natijasida, kuni kecha Jamiyatimiz respublikamizda ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchi bo‘lib Fitch Ratings xalqaro kredit reytingining “B+” (barqaror) darajasini qo‘lga kiritdi.

Yuliya Belskaya fon Tell, Fitch Ratings xalqaro kredit agentligining Rossiya va MDH bo‘yicha rahbari

Yuliya Belskaya fon Tell, Fitch Ratings xalqaro kredit agentligining Rossiya va MDH bo‘yicha rahbari

Mazkur reyting darajasi, “O‘zbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega birinchi o‘zbek ishlab chiqaruvchi korxonasi sifatida tanitadi.

Qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq, kelgusida “O‘zbekgidroenergo” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya mablag‘larini jalb qilish imkoniyatini beradi.

Shu bilan birga, Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan berilgan “B+” (barqaror) darajasidagi reytingi, kelgusida Jamiyatimizga o‘z yevrobondlarini London fond birjasiga joylashtirish imkoniyatini beradi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ ushbu yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida izchil va jadal faoliyatni davom ettiradi.

Axborot xizmati hamkorligida tayyorlandi

Tijoriy hamkorlik asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi