Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Osiris-REx zondi Bennu asteroid tuprog‘idan namuna olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. NASA zond Bennu asteroididan olgan tuproq namunalari tasvirlarini e’lon qilgan, mutaxassislar esa missiya muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlamoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Missiyaning bosh ilmiy rahbari Dante Loretta brifingda namoyish etgan videoda qurilma Bennu yuzasiga tegib turgani tasvirlangan.

“Bizga hozirgacha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlardan namuna olish jarayoni yaxshi o‘tdi degan xulosaga kela olamiz”, — deydi Loretta.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21-oktabr kuni zonddan olingan tasvirlarni tahlil qilish asosida mutaxassislar olinishi kutilgan miqdordan-da ko‘proq namuna olishga muvaffaq bo‘lgan. NASA yig‘ilgan materiallarning aniq miqdorini 26-oktabr kuni ma’lum qiladi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

NASA Osiris-REx missiyasini tarixiy deb atagan. Bo‘lim boshlig‘i Jim Braydenstayn brifingda tushuntirganidek, birinchi marta texnogen qurilma Bennu singari kichik kosmik jism (atigi 500 metr) atrofida aylangan. Tasvirlarning Yerga qaytishi 2023-yilga rejalashtirilgan.

Bennu — Yerdan 320 million kilometr uzoqlikdagi qadimiy asteroid. Bennuning ayrim mineral namunalari Quyosh tizimidan ham katta bo‘lishi mumkin. Asteroid diametri 492 metrga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr