Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 20-turida “Nasaf” 21-oktabr, chorshanba kuni OKMKni qabul qildi.

Foto: “Nasaf” FK

Uchrashuvni faol boshlagan maydon egalari birinchi bo‘lim so‘ngiga borib hisobni ochdi: Marko Stanoyevich jarima zarbasidan qoyilmaqom zarba yo‘llagan holda super gol muallifiga aylandi.

60-daqiqada Oybek Bozorov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda qarshiliklar vaziyatni o‘z nazorati ostida saqlab turdi va hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Nasaf” ochkolarini 40 taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rindagi OKMK (42) bilan o‘rtadagi farqni qisqartirdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari keyingi turda “Qo‘qon-1912” maydoniga safar qilsa, “Nasaf” safarda “Metallurg” bilan o‘ynaydi.

Uchrashuvda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qiling — havola

Coca-Cola Superliga

20-tur bahsi

21-oktabr, chorshanba

“Nasaf” — OKMK 2:0

Gollar: 1:0 – 41 Stanoyevich, 2:0 – 60 Bozorov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bobur Abdixoliqov (Husayin Norchayev,, 75), Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev (Jo‘rabek Mannonov, 89), Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullayev , 84), Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Abubakrizo Turdaliyev, 89), Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.

OKMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov (Shahzod Nurmatov, 83), Dilshod Jo‘rayev (Bahrom Abdurahimov, 46), Elguja Grigalashvili (Arslonmurat Amanov, 73), Zafar Polvonov, Murod Toshmatov, Sanjar Tursunov (Jasur Umarov, 73), Yovan Jokich, Bobur Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov (Sardor Abdunabiyev, 86).

Ogohlantirishlar: Stanoyevich (28), Ne’matov (75), Yo‘ldoshev (77), Rahmonov (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!