• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Moliya muassasalarida yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash qamrovi kengaymoqda

    Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda jamiyatimizda ayollar va yoshlarning rolini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishlari uchun ularga munosib sharoit yaratib berish masalasiga alohida urg‘u berib o‘tildi.

    Albatta, Mikrokreditbank tomonidan ham jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,  Davlat dasturlari va investitsiya loyihalari ijrosi bo‘yicha joriy yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga jami 3 trln 572 mlrd so‘m kredit ajratildi. Shundan:

    – 659,2 mlrd so‘mi 16 910 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirildi va 18 100 ta ish o‘rni yaratildi.

    – 563,2 mlrd so‘mi esa 18 556 nafar ayol tadbirkorlar uchun ajratildi va shu hisobiga 19 400 ta ish o‘rni yaratildi.

    Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlariga asosan 2020-yilda 1 138 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi va 44 448 ta ish o‘rni yaratildi. Shundan, birgina “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida ajratilgan 879 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlardan 569 mlrd so‘mi 28 122 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirildi.

    – Bugungi pandemiya sharoitiga qaramay, xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, bizlarni yanada yaxshiroq ishlashga, mas’uliyatliroq bo‘lishga undaydi, – deydi “Gulyurt Art” MChJ rahbari Gulnora Odilova. – Men Shahrisabzdagi milliy hunarmandchilik bo‘yicha loyihamni amalga oshirish uchun “Mikrokreditbank”dan 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit oldim va buning natijasida shahrimizdagi, qishloqdagi 45 nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlandi.

    Hunarmandchilik sohasida ham 4 081 ta mijozga ajratilgan 126 mlrd so‘m imtiyozli kreditlarning 112 mlrd so‘mi yoki qariyb 89 foizi 3 772 nafar ayol va yosh tadbirkorlarga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi bo‘yicha 928 nafar, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari yo‘nalishlarida 443 nafar xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi.

    Masalan, Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi  “Bonito Group” MChJ rahbari Saydillo Soliyevning trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish uchun 1,5 mlrd so‘m kredit ajratildi. Hozirda korxonada 90 nafar ish o‘rni yaratilib, ulardan 61 nafari yoshlardan iborat.

    Chust tumani, Tepaqo‘rg‘on MFYda faoliyat ko‘rsatuvchi “Apeks Plast Invest Grup” MChJ rahbari Yusupov Axmadjon Habibjon o‘g‘lining tuxum fleykasi ishlab chiqarish faoliyati uchun 600 mln so‘m kredit ajratildi. Ushbu korxonada jami 20 ta yangi ishchi o‘rini yaratildi, shundan 16 nafari yoshlardan iborat.

    Umuman olganda, bankimiz tomonidan 2020-yilning yakuniga qadar, qo‘shimcha ravishda yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 172 mlrd so‘mga yaqin kreditlar ajratilishini ta’minlaymiz.

    Mazkur kreditlar samaradorligini oshirish uchun tayyor biznes loyihalarni amalga oshirish, o‘zini-o‘zi band qiladigan 67 ta yo‘nalish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli moliyaviy maslahatlar berish tizimi bankning har bir hududiy bo‘linmalarida joriy qilinmoqda.

    Bulardan tashqari, Mikrokreditbankka biriktirilgan Quyonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham yoshlarning qiziqishi ortib boryapti. Bu yo‘nalishda respublikadagi quyonlar sonini 5 milliontaga va vodiy viloyatlarining har birida 1 mln boshga yetkazish bo‘yicha umumiy qiymati 461,4 mlrd so‘mlik 189 ta loyihani shakllantirib, ularni moliyalash manbalarini aniqlab olganmiz. Ushbu loyihalarga bank kreditlari hisobidan 311 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi.

    Bugungi kunga qadar, 1 438 ta mijozga 131,9 mlrd so‘mdan ziyod kreditlar ajratib berildi, ushbu kreditlar hisobiga hozirda quyonchilik fermalarini tashkil etish, ya’ni mustahkam bazani yaratish ishlari olib borilmoqda.

    Bundan tashqari, aholining ehtiyojmand qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash sohasida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning 5 859 tasiga 59,9 mlrd so‘m kredit ajratildi. Mazkur sohada ham 2 686 nafar yoshga 28,7 mlrd so‘m va 3 040 nafar ayolga 27,2 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

    Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 13-oktabrda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

    Endilikda ushbu qarorga muvofiq, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

    Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;

    Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga o‘z biznesini tashkil etish uchun bank tomonidan mikrokredit ajratiladi.

    “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.

    Shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi asosida 225 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi. Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

    2021-yil 1-yanvarga qadar “Mikrokreditbank”ning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.

    Mikrokreditbank tadbirkorlarning, xususan, ishbilarmon yoshlar va xotin-qizlarning mana shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga solmoqda.  Muhimi, buning natijasida ishsizlar ishli bo‘lib, ro‘zg‘orlarga baraka kirmoqda, odamlarning ishbilarmonlik qobiliyati yuzaga chiqayapti.

    Bank axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida

    18.10.2020, 12:00   Izoh (0)   23690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eksklyuziv taklif: O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun Turkiyaning Izmir Davlat Universitetlarida Chegirmali narxlarda o‘qish!

    18.10.2020, 09:00

    Senator xalq e’tirofida!

    17.10.2020, 15:00

    LADA’dan yangi aksiya! Avtomobil xarid qiling va xonadon yoki qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ling!

    17.10.2020, 12:00

    Avtosug‘urta: kutilmagan xarajatlarni qanday chetlab o‘tish mumkin?

    17.10.2020, 09:00

    Quyi Chotqol GES — yangi quvvatlar manbai

    16.10.2020, 18:00

    “Bosh vazir kubogi” tarixga muhrlandi, endi navbat “Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi”ga

    16.10.2020, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.