Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 17-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Bavariya” safarda mavsum debyutanti “Arminiya”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda Tomas Myuller va Robert Levandovski ikkitadan gol urgan holda myunxenliklarning g‘alabasini ta’minladi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga Ritsu Doan muallif bo‘ldi.

“Bavariya” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 2-o‘rinda ketmoqda.

Dortmundning “Borussiya”si safarda “Hoffenhaym” bilan o‘ynadi. Marko Roys tomonidan 76-daqiqada urilgan gol mehmonlarga uch ochko taqdim etdi.

“Leypsig” esa “Augsburg” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi va 10 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Bundesliga

4-tur bahslari

17-oktabr, shanba

“Arminiya” — “Bavariya” 1:4

Gollar: 0:1 – 8 Myuller, 0:2 – 25 Levandovski, 0:3 – 45 Levandovski, 0:4 – 51 Myuller, 1:4 – 58 Doan.

“Arminiya”: Ortega, Lukoki, Piper, de Medina (Berendt, 83), van der Horn, Pritl, Doan (Zoyfert, 90), Hartel (Edmundsson, 90), Gebauer (Yabo, 69), Kunse (Shipplok, 70), Klos.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Lyuka Ernandes (Devis, 90), Pavar, Zyule, Gnabri (Duglas Kosta, 65), Tolisso, Koman (Musiala, 86), Goretska (Xavi Martines, 65), Myuller, Levandovski (Shupo-Moting, 86).

Ogohlantirish: de Medina (73).

Chetlatish: Tolisso (76).

“Hoffenhaym” — “Borussiya D” 0:1

Gol: 0:1 – 76 Roys.

“Hoffenhaym”: Baumann, Posh (Grillich, 79), Fogt, Akpoguma, Gayger, Gachinovich (Bruun Larsen, 60), Rudi, Skov (Sessenyon, 79), Samasseku, Bebu (Dabbur, 79), Belfodil (Baumgartner, 60).

“Borussiya D”: Xits, Passlak, Pishchek (Dileyni, 21), Hummels, Menye (Gerreyru, 75), Brandt (Holand, 64), Vitsel, Sancho (Roys, 64), Daud (Bellinghem, 75), Reyna, Jan.

Ogohlantirishlar: Posh (58), Reyna (90).

“Augsburg” — “Leypsig” 0:2

Gollar: 0:1 – 45 Anxelinyo, 0:2 – 66 Poulsen.

“Mayns” — “Bayer” 0:1

Gol: 0:1 – 30 Alario.

“Herta” — “Shtutgart” 0:2

Gollar: 0:1 – 9 Kempf, 0:2 – 68 Kastro.

“Frayburg” — “Verder” 1:1

Gollar: 1:0 – 15 Linxart, 1:1 – 25, penalti Fyullkrug.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!