Daryo

Til go‘shtidan antiqa taom tayyorlaymiz

Taomni anor va ko‘katlar bilan bezating

1 daqiqa o‘qish35 956 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Dasturxonni noodatiy taom bilan bezashni istayotganlar uchun mazali taom retseptini taqdim qilamiz.

Foto: Lifehacker
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Til go‘shti — 1 dona
  • Suv — 4 l
  • Piyoz —1 dona
  • Jelatin — 30 gr
  • Tuz, murch
  • Lavr yaprog‘i
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qaynagan suvga tilni solib pishirib oling, solganingizdan 15 daqiqadan keyin suvni to‘kib tashlang.
  • Yana suv solib bir marta pishirib oling, qaynab chiqqanidan keyin past olovda pishiring.
  • 45 daqiqadan keyin idishga artilgan sabzi, piyozni po‘stlog‘i bilan solib pishiring.
  • 30-40 daqiqadan keyin tuz, murch, lavr yaprog‘i soling va yana 30-40 daqiqa davomida qaynating.
  • Pishgan til go‘shtini soviting (sovuq suv yoki muz ustiga qo‘yib).
  • Bo‘laklarga bo‘lib, tarelkaga solib chiqing.
  • Sho‘rvaning bir qismini soviting, unga jelatin qo‘shib aralashtiring, qolgan sho‘rvani ham qo‘shing.
  • Jelatinli sho‘rvaga tilni soling va bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying.
Taomni anor va ko‘katlar bilan bezating. Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar