“Barselona” jamoasi La Liga 7-turi doirasida 17-oktabr, shanba kuni “Xetafe”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18-oktabrga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Uchrashuvni jarohat sabab darvozabon Mark Andre ter Shtegen va himoyachi Xordi Alba o‘tkazib yuboradi.

Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Neto, Inyaki Penya, Arnau Tenas;

Himoyachilar: Xerard Pike, Kleman Langle, Xunior Firpo, Serjinyo Dest, Ronald Arauxo, Oskar Mingesa;

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Rikard Puch, Frenki de Yong, Serxi Roberto, Miralem Pyanich, Filippe Koutinyo, Karles Alenya, Pedri Gonsales;

Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Ansu Fati, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Fransishku Trinkau.

Mavzuga doir: Zinedin Zidan “Real”ning “Kadis”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!