Avstraliyaga ko‘chib o‘tgan malayziyalik ayol o‘zining turmushi saqlab qolingani uchun koronavirus pandemiyasiga minnatdorlik bildirdi, deb xabar beradi AsiaOne.

Foto: AsiaOne

Pandemiya boshlanguniga qadar Melburnda istiqomat qilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish, ofisiga yaqin joydan kvartira ijaraga olib, o‘g‘lini yolg‘iz tarbiyalashni o‘ylagan. Bunga erining muntazam ishdan kech kelishi va uydagi muammolarni hal etmasligi yoki farzandining tarbiyasida ishtirok etmasligi sabab bo‘lgan. Ayol turmush o‘rtog‘i bilan 12 yildan beri birga yashaydi.

Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan qattiq karantin choralari erkakni uydan turib ishlashga majbur qilgan. Erkak ayoli uch yoshli o‘g‘liga qarash va uy majburiyatlarini bajarishda naqadar qiynalayotganini ko‘rsa-da, ularga hech qanday yordam bermagan va shovqin solmaslikni talab qilgan. Qaysidir onda ayol onlayn-dars o‘tish uchun farzandini eriga topshirgan, biroq erkak bolaga shovqin soladigan o‘yinchoq berib, o‘zi yuvinishga kirib ketgan. Dars buzilgan.

Aftidan, bu kabi holat bir necha marotaba takrorlangan. Navbatdagi mojarodan so‘ng ayol uyida janjal ko‘targan va turmush o‘rtog‘i bilan gaplashmay qo‘ygan. Shundan so‘ng erkak o‘g‘lini har kuni o‘zi yuvintira boshlagan, xotinining darsi bor vaqtlarda bolaga qaragan va tinchlik kerak bo‘lganda ularni oldindan ogohlantirgan.

Natijada erkak o‘g‘li bilan ko‘proq vaqt o‘tkaza boshlagan va bilan do‘stlashib olgan. Ayolning tan olishicha, pandemiya boshlanguniga qadar u bu haqda faqat orzu qilgan. Ularning oilaviy munosabatlari ham o‘z joyiga tushgan.

“COVID-19 ko‘plab oilalarga ayriliq va og‘riqlarni olib keldi, biroq shaxsan men oilamni saqlab qolgani uchun undan minnatdorman”, — deydi ayol.