Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 5-turida “Manchester Siti” 17-oktabr, shanba kuni “Arsenal”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 23-daqiqasida Rahim Sterling tomonidan urilgan gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

To‘rtta o‘yinda 7 ochko to‘plagan “Manchester Siti” musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Arsenal” (9) esa beshinchi o‘rinda qoldi.

Pep Gvardiola shogirdlari keyingi turda “Vest Hem” bilan o‘ynaydi. “Arsenal” esa “Lester”ni qabul qiladi.

APL

5-tur bahsi

17-oktabr, shanba

“Manchester Siti” — “Arsenal” 1:0

Gol: 1:0 – 23 Sterling.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Joau Kanselu, Ruben Diash, Ake, Rodri, Foden (Fernandinyo, 89), Sterling, Bernardu Silva, Mahrez, Aguero (Gundo‘g‘an, 65).

“Arsenal”: Leno, Tirni, Belyerin, Gabriel, David Luiz, Saka, Jaka (Tomas, 83), Villian (Lyakazett, 69), Sebalyos, Pepe (Nketia, 83), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Rodri (14), Joau Kanselu (63), Ruben Diash (68), Ake (84), Tomas (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!