Indoneziyalik Jiddana Dastaria kamera qarshisida aksirgani aks etgan videoni TikTok’ga yuklab yulduzga aylandi. Video qisqa fursat ichida 11 million marta ko‘rilgan, deb yozadi The World News.

Foto: Next Shark

Ma’lum qilinishicha, bloger qiz boshqa video yozishni istagan, ammo to‘satdan aksirib yuborgan. Qayta video olishga qaror qilgan va borib uxlagan. Jiddana rolikni sahifasiga qo‘yilganini bilmay qolgan.

Tongda u video bir necha million marta ko‘rilganiga guvoh bo‘lgan. Qiz uyg‘onganida do‘st va yaqinlari ham xabar topgan, deyiladi xabarda.