Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat 2020-yilning yozidagidan ko‘ra yomonlashishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“Kasallanganlar soni ortmoqda, sovuq kelishi bilan odamlar ko‘proq bino ichida bo‘ladi, bu esa virusning yuqish imkoniyatini oshiradi”, — deya ta’kidlagan milliarder.

Geytsning qo‘shimcha qilishicha, AQShda hozircha vaksina yo‘q, faqatgina oddiy qoidalarga amal qilish COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.

“Niqob taqish, ommaviy tadbirlarga bormaslik, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni yuvish”, — deya sanab o‘tgan Geyts.

Avvalroq Bill Geyts koronavirus pandemiyasi 2022-yilda yakunlanishini prognoz qilgandi. Shuningdek, u koronavirus pandemiyasidan xavfliroq falokat sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan hamda odamlarni odatiy hayot tarziga qaytarishning yagona usulini aytgandi.