• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropada koronavirus tufayli yana karantin choralari kuchaytiriladi, ammo lokdaunni kiritishga shoshilishmayapti. Yevroittifoq ichkarisidagi chegaralarni yopmaslikka kelishib olindi

    Deyarli butun Yevropa bo‘ylab kasallanish darajasi bahordagi avj nuqtalardan ancha oshib ketdi. Ba’zi mamlakatlarda — o‘nlab marta

    Koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini qit’ada yoz oxirida — xuddi bahordagidek, uning g‘arbiy qismida boshlandi, deb yozadi Meduza. Fransiya va Ispaniyada bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni bo‘yicha bahorda o‘rnatilgan rekordlar avgust oxiridayoq, Buyuk Britaniyada esa sentabr boshida yangilangan edi. Hozir Fransiyada kuniga taxminan 17 mingta (bahordagi rekord ko‘rsatkich 7528 ta edi), Buyuk Britaniyada esa 14 mingta (bahordagi rekord — 7860), Ispaniyada — 7 mingdan ziyod, Niderlandiyada — 5 mingdan ortiq (bahorda eng ko‘pi bilan 1112 ta bo‘lgan edi) holat qayd etilmoqda. Yirik mamlakatlar ichida eng kam jabr ko‘rganlari Germaniya va Italiya bo‘ldi — u yerda har kuni kasallanayotganlar soni hali ham birinchi to‘lqindagi avj nuqtalarga yetgani yo‘q. Shu bilan birga, so‘nggi ikki haftada koronavirusni yuqtirganlar soni kamayayotgan Ispaniyadan tashqari, qolgan barcha mamlakatlarda doimiy o‘sish kuzatilmoqda.

    Ikkinchi to‘lqin Sharqiy Yevropaning birinchi to‘lqin chog‘ida kasallanishning yuqori darajasini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan mamlakatlariga ham ta’sir qildi. Sentabr boshida virusga chalinish keskin o‘sishni boshlagan 10 millionlik Chexiyada 9-oktabr kuni rekord darajadagi — 8617 ta koronavirus holatlari aniqlandi, bu ushbu mamlakatda bahorda kuzatilgan kasallanish ko‘rsatkichlaridan 20 marta ko‘p demakdir. Shunga o‘xshash vaziyat Slovakiyada (10-oktabr kuni 1887 ta holat, apreldagi rekord — 114 ta holat) va Polshada (10-oktabrda 5300 ta holat, maydagi rekord — 395 ta) ham kuzatilmoqda.

    Bunday katta raqamlar, shu jumladan, testdan o‘tkazish bilan kengroq qamrab olish bilan ham izohlanadi — hozir bahorgiga nisbatan ko‘proq holat qayd etilayotgan mamlakatlar orasida ijobiy testlar ulushi deyarli hamma joyda bahorgi avj nuqtalarga qaraganda pastroq.

    Shu bilan birga, o‘lim holatlari ko‘rsatkichi Yevropada nisbatan pastroq — ham aniqlangan holatlar soniga qaraganda, ham bahordagi ko‘rsatkichlarga qaraganda. Fransiyada oktabr boshida COVID-19’dan bir kunda o‘rtacha 60-70 kishi vafot etgan bo‘lsa, Italiyada — 20-30 kishi, Ispaniyada — taxminan 80 kishi. Birinchi to‘lqinning avj nuqtasida, mart oxiri va aprel boshida, bu mamlakatlarda har kuni 800-900 ta o‘lim holati qayd etilgan edi.

    Hukumat jamoat joylarida to‘planish talablarini va niqob taqmaganlik uchun jarimalarni kuchaytiradi. Ammo lokdaunni hozircha joriy qilishmaydi

    Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari hukumatlari kasallikka qarshi kurash bo‘yicha choralarni asta-sekinlik bilan kuchaytirmoqda, shu bilan birga, to‘liq lokdaunni joriy qilmoqchi emasliklarini ta’kidlamoqda. Ko‘pchilik holatlarda birlamchi choralar niqoblarni majburiy taqishga tegishli — Italiyada endi ularni hamma joyda taqish kerak, Polshada — parklar va boshqa yashil hududdan tashqari hamma joyda, Slovakiyada — qishloq joylaridan boshqa hamma joyda taqish shart. Shu bilan bir vaqtda niqob taqmaganlik uchun jarimalar kuchaytirilmoqda — aksariyat mamlakatlarda ular endi 100 yevrodan oshadi.

    Bundan tashqari, hukumat ko‘ngilochar muassasalar ishini cheklamoqda — Angliya va Shotlandiyaning ba’zi hududlarida 14-oktabrdan bar va pablar faoliyati to‘liq to‘xtatiladi, boshqa hududlarda ularning ishlash soatlari cheklanadi, xuddi shunday choralar Fransiyaning eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarida amal qiladi. Slovakiyada restoran va kafelar xo‘randalarni faqat yozgi ayvonlarda qabul qilishi mumkin, Chexiyada esa ular yegulikni olib ketish uchungina ishlaydi. Bu mamlakatda kasallanish darajasining keskin o‘sishi tufayli olti nafardan ortiq kishining to‘planishi taqiqlandi, maktablar yopildi, OTMlar masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

    Tobora ko‘proq mamlakatlar koronavirus tarqalishiga javob ko‘rsatishning hududiy tamoyilini joriy qilmoqda — u yoki bu shaharda yoki viloyatda qanchalik ko‘p kasallanganlar bo‘lsa, u yerda cheklovlar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ispaniyada sog‘liqni saqlash vazirligi oktabr boshida hatto Madridda va unga yondosh shaharlarda mahalliy karantinni joriy etish haqida farmon chiqardi, u ushbu shaharlarga kirish va chiqishni man qilishni nazarda tutadi. Bir necha kundan keyin sud bu chorani aholining huquq va erkinliklarini cheklaydi deb topib, uni bekor qildi.

    Bahorda ko‘p mamlakatlar chegaralarini yopgan edi. Hozir Yevroittifoq bunga yo‘l qo‘ymaslikka erishganga o‘xshaydi

    Birinchi to‘lqin chog‘ida Shengen hududidagi ko‘plab mamlakatlar o‘z hududiga boshqa Yevroittifoq mamlakatlari aholisining kirishini taqiqlagan edi. Yozga kelib, bu cheklovlarning barchasi bekor qilindi. Bundan tashqari, Yevroittifoq darajasida mamlakatlar Yevroittifoqdan tashqaridagi kasallanish darajasi past bo‘lgan ba’zi davlatlardan keladigan sayyohlar uchun chegaralarni ochishga kelishib oldi.

    Sentabrda Vengriya Yevroittifoq mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib o‘z chegaralarini boshqa yevropaliklar uchun yopdi — mamlakatga faqat Chexiya, Slovakiya va Polsha fuqarolarining, koronavirusga nisbatan salbiy test bo‘lgan taqdirda, kirishiga ruxsat berildi. Bunday qaror Yevrokomissiyaning keskin tanqidiga uchradi, u bu choralarni Shengen hududi tamoyillariga mos kelmagani tufayli bekor qilishni talab etdi. Vengriya bosh tortdi — hozircha cheklovlar kamida oktabr oxirigacha amal qilishi taxmin etilmoqda.

    Boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash qarorlar qabul qilishidan xavfsirab, Yevroittifoqda pandemiya davrida fuqarolarning Yevroittifoqqa a’zo davlatlar orasida borib-kelishini tartibga soladigan yagona hujjat ustidagi ishlarni tezlashtirib yuborishdi. 13-oktabr kuni bunday hujjat barcha Yevroittifoq mamlakatlari hukumatlari tomonidan ma’qullandi (shu jumladan, Vengriya hukumati tomonidan ham) — u barcha Yevroittifoq mamlakatlarini ulardagi kasallanish darajasiga qarab uchta hududga (yashil, sariq, qizil) ajratishni ko‘zda tutadi. Endi qizil yoki sariq hududdagi mamlakatlar fuqarolaridan salbiy test javobini taqdim etish yoki 14 kungacha muddatda karantin saqlash talab etiladi — ammo ular uchun kirishni to‘liq yopish mumkin bo‘lmaydi.

    14.10.2020, 21:46   Izoh (0)   30272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    WSJ: Tog‘li Qorabog‘ga Turkiyaga aloqador yuzlab suriyalik jangarilar yuborildi

    14.10.2020, 20:12

    Tramp COVID-19’ga nisbatan immuniteti borligini aytib, saylovchilarni o‘pib chiqishga va’da berdi

    14.10.2020, 19:59

    Rossiya yana uchta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

    14.10.2020, 19:13

    Rossiyada ilk bor bir sutkada 14 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    14.10.2020, 18:11

    Nur-Sultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

    14.10.2020, 18:03

    Norvegiya koronavirusga qarshi vaksinani bepul tarqatadi

    14.10.2020, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37

    NYT: Paramount kompaniyasi Trampga 16 mln dollar to‘lashga tayyor

    Dunyo | 2 iyul, 22:20

    Superliga. “Neftchi” Samarqandda “Dinamo”ni mag‘lub etdi

    Sport | 2 iyul, 22:08

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:07

    Avstraliyada 18 yoshli yigit salto otishi oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 2 iyul, 22:05

    Tramp Oq uyni vokzalga qiyosladi

    Dunyo | 2 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.