14-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Alisher Uzoqov muxlislariga issiq kiyinib yurishni tavsiya qildi.

Munisa Rizayeva jamoasiga ishchilar izlayotganini bildirdi.

Yulduz Usmonova “Muborak” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.

Shahzoda Muhammedova qizi Milananing suratlari bilan bo‘lishdi.

Zohirshoh Jo‘rayev san’at shinavandasi bo‘lgan muxlisi bilan qo‘shiq kuyladi.

Rayhon “Baxtli bo‘laman” deb yozilgan sport kiyimlarini sotuvga chiqardi.

“Setora” guruhi xonandasi Feruza Latipova AQShdagi san’atkor do‘stlari bilan tug‘ilgan kunini nishonladi.

Feruza Normatova Istanbul shahrining go‘zal manzaralari aks etgan suratlari bilan bo‘lishdi.

Aktrisa Asal Shodiyeva 40 kunlik chaqalog‘i Muhammad Yusuf bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Suratda aktrisaning tug‘uruqdan keyin tezda o‘zining avvalgi holiga qaytganini ko‘rish mumkin. Uning ozg‘inligi folloverlarining turli shubha-gumonlariga sabab bo‘ldi. Asalning muxlislari unga “chaqaloqni rostan ham o‘zingiz dunyoga keltirdingizmi?” qabilidagi savollarni bera boshladi.

Yulduz Turdiyeva yangi imij bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Lola stories orqali muxlislari bilan muloqot qildi hamda hayotda afsuslanadigan narsasi haqida gapirdi.

“Afsuslanaman. Ko‘p narsani aytishga, qilishga ulgurmadim. Aftidan, bu yuk bilan yashash mening peshonamga yozilgan”, — dedi Lola marhum otasining suratini joylab.

Foto: Instagram / @lolaofficial_