AQShning Yuta shtatida 26 yashar yigit yugurish chog‘ida agressiv pumaga duch kelgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Ma’lum qilinishicha, Karl Barjess 11-oktabr kuni yugurish uchun Provo shahri yaqinidagi Sleyt-Kanon bog‘iga borgan. Yo‘lda ko‘zi tushgan kichik hayvonlarni silovsin bolasi deb o‘ylab, ularni telefoniga suratga ola boshlagan. Bir necha soniyadan keyin puma paydo bo‘lgan va Karl hayvonlar uning bolalari ekanini tushunib yetgan.

U kamerasini o‘chirmasdan, o‘girilmagan holda yura boshlagan, hayvondan bolalari yoniga borishini so‘ragan, hatto qo‘rqitish uchun turli ovozlar chiqargan, ammo puma uning ketidan kelishni to‘xtatmagan.

Hayvon Barjess tosh otganidan keyingina qochib ketgan. Yigit 11 km aylanib yurmasligi uchun pumani uchratgan yeriga qaytib borishiga to‘g‘ri kelgan. U yarim soat kutgan va qo‘liga tosh va tayoq olib, yo‘lida davom etgan. Yo‘lida uchragan kishilardan puma ko‘rinmadimi, deya so‘ragan. Odamlar kulib, uning so‘zlariga ishonmagan. Tirik qolganiga shukur qilgan yigit ushbu bog‘da qayta yugurmaslikka qaror qilgan.