Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 30-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” jamoasi “Byornli” maydoniga safar qildi. Rahim Sterlingning dubli va Ferran Torresning goli “shaharliklar”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

“Manchester Yunayted” esa “Brayton” uyida mehmon bo‘ldi. Skott Maktominay, Xuan Mata va Pol Pogbaning gollari “qizil iblislar”ga keyingi bosqich eshiklarini ochdi.

“Everton” Dominik Kelvert-Lyuinning het-triki va Risharlisonning kiritgan to‘pi evaziga “Vest Hem”dan ustun keldi. “Nyukasl” esa so‘nggi daqiqalarda “Nyuport” darvozasini ishg‘ol qildi va penaltilar seriyasida omadliroq chiqdi.

Angliya Liga Kubogi

1/8 final bahslari

30-sentabr, chorshanba

“Byornli” — “Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 – 35 Sterling, 0:2 – 49 Sterling, 0:3 – 65 Ferran Torres.

“Byornli”: Pikok-Farrell, Louton (Bardsli, 79), Tarkovski, Long, Piters, Vestvud, Braunhill, Maknil, Teylor, Barns (Benson, 69), Vidra (Vud, 46).

“Manchester Siti”: Steffen, Uoker (Harvud-Bellis, 66), Mendi, Lyaport, Mahrez, de Bryuyne (Bernardu Silva, 64), Ferran Torres, Rodri (Ake, 74), Sterling, Palmer, Fernandinyo.

Ogohlantirishlar: Sterling (76), Bernardu Silva (90).

“Brayton” — “Manchester Yunayted” 0:3

Gollar: 0:1 – 44 Maktominay, 0:2 – 73 Mata, 0:3 – 80 Pogba.

“Brayton”: Stil, Bernardo, Byorn, Uayt, Veltman, Mak Allister, Gross, Jahonbaxsh (Mope, 50), Molambi (Sanders, 81), Dank, Dyekeresh (Trossard, 63).

“Manchester Yunayted”: Henderson, Bayi, Diogu Dalot, Uilyams, Lindelyof, Jeyms (Pogba, 69), Maktominay, Mata, Fred (Lingard, 81), van de Bek, Igalo (Reshford, 69).

Ogohlantirishlar: Byorn (43), Veltman (79), Lindelyof (86).

“Everton” — “Vest Hem” 4:1

Gollar: 1:0 – 11 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 46 Snodgrass, 2:1 – 56 Risharlison, 3:1 – 78 Kelvert-Lyuin, 4:1 – 84 Kelvert-Lyuin.

“Nyuport” — “Nyukasl” 1:1

Penaltilar seriyasi — 4:5

Gollar: 1:0 – 5 Abrahams, 1:1 – 87 Shelvi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!