“Rostov” jamoasi hujumchi Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga sotishga rozi bo‘ldi.

Foto: “Rostov” FK

“Sport-Ekspress”ning xabar qilishicha, kelishuv bonuslar bilan birga 9 million yevroga baholangan. Bundan tashqari, “Rostov” futbolchining keyingi transferidan 15% ulushga ega bo‘ladi.

Avvalroq Sport Italia jurnalisti Janluiji Longari genuyaliklar klubi O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini qo‘lga kiritishga yaqin turgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017-yildan beri to‘p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan.

25 yoshli futbolchi “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, “Rostov”dan avval “Bunyodkor” safida harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!