Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Volvo yuk mashinasi haydovchisi ikki nafar qizaloqni bosib ketdi va xonadonlarning biriga borib urilib, o‘zi ham halok bo‘ldi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Foto: IIV Tergov departamenti

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, voqea 28-sentabr kuni soat 17:20 larda sodir bo‘lgan. Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli haydovchi Sh.L. Volvo (Qirg‘izistonga tegishli) yuk mashinasida Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan Buloqboshi—Andijon avtomashina qatnov yo‘lining Buloqboshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. So‘ng yo‘l chetida harakatlanib kelayotgan qizlar — 10 yoshli B.A. va 3 yoshli K.N.ni bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan.

Foto: IIV Tergov departamenti

Foto: IIV Tergov departamenti

YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qizlar kasalxonada, haydovchi esa voqea joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIV Tergov departamenti

Foto: IIV Tergov departamenti

Hozirda jinoyat ishi kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)