4-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro o‘z boshqaruvidagi “ZIL-130” avtomashinasida 2 yoshli bolakayni bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining “ZIL-130”da Namangan shahar Nurobod mahallasidagi xonadonlarning birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari uchun qum yetkazib bergan. Qumni belgilangan joyga to‘kib, qaytayotganida xonadon egasining 2018-yilda tug‘ilgan farzandi “ZIL” ostida qum o‘ynab o‘tirgan bo‘lgan. Haydovchi bolakayni ko‘rmay qolib, uni bosib ketgan.

Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Toshkentda Spark to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan 2 yoshli bolani urib ketgani va bolakay olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.