Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida “Roma” 27-sentabr, yakshanba kuni “Yuventus” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 31-daqiqasida Jordan Veretu penaltini aniq bajarib, rimliklarni oldinga olib chiqdi. 44-daqiqada endi “Roma” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Uni Krishtianu Ronaldu golga aylantirdi.

Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Veretu jamoasining tezkor qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

62-daqiqada turinliklar yarim himoyachisi Adriyen Rabyo ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Biroq bu “Yuventus”ning gol urishiga to‘sqinlik qila olmadi. 69-daqiqada Ronaldu qanotdan uzatilgan to‘pga o‘z uslubida boshi bilan zarba berib, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Napoli” o‘z uyida “Jenoa”ni qabul qilib yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Neapolliklar safida Irving Losano dubl qayd etgan bo‘lsa, Pyotr Zelinski, Dris Mertens, Elif Elmaz va Matteo Politano bir martadan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Milan” esa “Krotone” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Frank Kessie milanliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Brahim Dias “Milan”dagi debyut golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

A Seriya

2-tur bahslari

27-sentabr, yakshanba

“Roma” — “Yuventus” 2:2

Gollar: 1:0 – 31, penalti Veretu, 1:1 – 44, penalti Ronaldu, 2:1 – 45 Veretu, 2:2 – 69 Ronaldu.

“Roma”: Mirante, Spinatssola, Manchini, Kumbula, Santon (Bruno Peres, 68), Mxitaryan, Pellegrini (Diavara, 72), Pedro, Veretu, Rojer, Jeko.

“Yuventus”: Shensni, Bonuchchi, Danilo, Kyellini, Makkenni (Artur, 58), Kuadrado, Rabyo, Remzi (Bentankur, 68), Kulusevski (Frabotta, 85), Ronaldu, Morata (Duglas Kosta, 58).

Ogohlantirishlar: Rabyo (30), Kumbula (36), Pellegrini (54), Frabotta (86).

Chetlatish: Rabyo (62).

“Napoli” — “Jenoa” 6:0

Gollar: 1:0 – 10 Losano, 2:0 – 46 Zelinski, 3:0 – 57 Mertens, 4:0 – 65 Losano, 5:0 – 69 Elmaz, 6:0 – 72 Politano.

“Krotone” — “Milan” 0:2

Gollar: 0:1 – 45, penalti Kessie, 0:2 – 50 Brahim Dias.

“Spetsiya” — “Sassuolo” 1:4

Gollar: 0:1 – 12 Jurichich, 1:1 – 30 Galabinov, 1:2 – 64, penalti Berardi, 1:3 – 66 Defrel, 1:4 – 76 Kaputo.

“Verona” — “Udineze” 1:0

Gol: 1:0 – 57 Favilli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!