Fendi modalar uyi kompaniya logotipi — ikkilangan F harfi ko‘rinishidagi makaronlarni ishlab chiqardi. Bu haqda dizayner Kim Jons o‘z Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi hamda makaronlarning surati bilan bo‘lishdi.

Foto: Twitter

Bunday makaronlar Fendining Milandagi modalar namoyishi ishtirokchilariga tarqatilgan.

Aynan shunday suratlar moda olami vakillarining ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo‘lgan. Makaronlar brend logotipi tushirilgan oq qutilarga joylangan.

Foto: Twitter

Fendi pastaning yangi tirajini ishlab chiqaradimi, yo‘qmi hozircha noma’lum. Biroq Grailed platformasida ushbu makaronlarning bir nechtasi sotuvga qo‘yilgan. Ularning bahosi 70 dollar.

Brendning modalar namoyishi Milan moda haftaligi doirasida o‘tkazilgan. Fendi’ning namoyishi oflayn rejimida o‘tkazilgan birinchi shou bo‘lgan.