Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 2-turida “Bavariya” 27-sentabr, yakshanba kuni “Hoffenhaym” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 16-daqiqasida Ermin Bichakchich maydon egalarining dastlabki golini urdi. 24-daqiqada Moanes Dabbur hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

36-daqiqada Yozua Kimmix hisobni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘limni myunxenliklar faol boshladi, biroq bo‘lim avvalidagi vaziyatlar golga aylanmadi.

77-daqiqada Andrey Kramarich jamoasining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Kramarich dublini nishonlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa “Bavariya” mavsumning 2-turidayoq mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bundesliga

2-tur bahsi

27-sentabr, yakshanba

“Hoffenhaym” — “Bavariya” 4:1

Gollar: 1:0 – 16 Bichakchich, 2:0 – 24 Dabbur, 2:1 – 36 Kimmix, 3:1 – 77 Kramarich, 4:1 – 90+2 Kramarich.

“Hoffenhaym”: Baumann, Kaderjabek, Posh, Bichakchich (Skov, 39), Akpoguma, Gayger (Bebu, 58), Samasseku, Baumgartner (Gachinovich, 59), Fogt, Kramarich, Dabbur (Grillich, 80).

“Bavariya”: Noyer, Devis, Alaba, Pavar (Goretska, 57), Boateng, Gnabri, Kimmix, Myuller, Tolisso (Musiala, 72), Sane (Koman, 73), Zirkzee (Levandovski, 57).

Ogohlantirishlar: Gayger (21), Baumgartner (28), Kramarich (45), Boateng (90), Noyer (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!