O‘zbekiston 2020-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra qiymati 336,7 million dollarga teng tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qildi.

Foto: “Daryo”

Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning ma’lum qilishicha, bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston 2019-yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million dollarga oshirgan.

O‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya (178,3 million), Qirg‘iziston (120,9 million) va 12,3 million dollar bilan Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko‘p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan viloyatlari (49,8) va 39,7 million dollar bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.