Kanadalik UFC jangchisi Hakim Davodu UFC 253 musobaqasida to‘qnash keladigan raqibi Zubayra Tuxugov haqida fikr bildirdi.

Foto: Fightnews

U kuchli chap “huk”iga ega va yaxshi jangchi. Ammo men uning jamoasidagilar bilan uchrashganman. Ushbu lagerdan chiqqan jangchilarni mag‘lub etganman. Unda menga qiyinchilik tug‘diradigan hech narsa yo‘q.

Uni yo‘ldan olib tashlayman. Uning arsenali cheklangan, mening arsenalim ancha boy va xilma-xildir.

Hakim Davodu, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, UFC 253 musobaqasi 27-sentabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar orolida” bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Davodu MMA’dagi faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, ularning 11 tasida g‘alaba qozongan, 1 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan, uning ishtirokidagi yana bir jang durang bilan yakunlangan. Zubayra Tuxugovning hisobida esa 23 jang, 19 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va bitta durang bor.

Ikkala jangchi ishtirokdagi eng sara janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin → havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!