Toshkent vaqti bilan 27-sentabr, yakshanba tongida Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC 253 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn chempioni Isroil Adesanya da’vogar Paulo Kosta bilan to‘qnash keladi.

Foto: The Mac Life

Yana bir asosiy jang Jon Jonsdan qolgan yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Yan Blaxovich va Dominik Reyes o‘rtasida kechadi. Shuningdek, mazkur kechada Zubayra Tuxugov Hakim Davodu bilan kuch sinashadi.

Asosiy kard juftliklari bilan tanishing:

  • Isroil Adesanya (19-0) — Paulo Kosta (13-0)
  • Yan Blaxovich (26-8) — Dominik Reyes (12-1)
  • Kay Kara-Frans (21-8) — Brendon Royvel (11-4)
  • Ketlin Viyeyra (10-1) — Sijara Yubenks (6-4)
  • Hakim Davodu (11-1-1) — Zubayra Tuxugov (19-4).

Boshqa janglar juftliklari:

  • Aleks da Silva (21-2) — Bred Riddell (8-1)
  • Jeyk Mettyuz (16-4) — Diyego Sanches (30-12)
  • Lyudovit Kleyn (16-2) — Sheyn Yang (13-4)
  • Aleksa Kamur (6-0) — Uilyam Nayt (8-1)
  • Xuan Espino (9-2) — Jeff Hyuz (10-3)
  • Hadis Ibragimov (8-3) — Danilo Markes (9-2).

Barcha janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!