2020-yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: Pvsm.ru

Qayd etilishicha, bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreyadan – 12 ta hamda Germaniya, BAA, Rossiya va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSh dollari sarflangan.

Avvalroq Qo‘qonda 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilayotgani ma‘lum qilingandi.