Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Yunusobod tumanida bir guruh shaxslar o‘zaro janjallashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, 2020-yil 20-sentabr kuni soat 06:00 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “l” bandlari (bezorilik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish), 25,97-moddasi 2-qismi “a”, “l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi