Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasining sobiq boshlig‘i Bahodir Yusupov 75 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Ma’lumot uchun, Bahodir Yusupov 1945-yil 22-iyunda tavallud topgan. 1968-yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini O‘rta Osiyo temiryo‘li Toshkent teplovoz zavodining oddiy ishchisi sifatida boshlab, tizim tasarrufidagi qator korxona va tashkilotlarda turli lavozimlarda, shu jumladan, muovin va keyinchalik rahbarlik lavozimlarida halol mehnat qildi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqarmasida boshqaruv raisining o‘rinbosari, so‘ng birinchi o‘rinbosari-bosh muhandis lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.

Bahodir Yusupov “Mustaqillik”, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishonlari, “Faxriy temiryo‘lchi” belgisi hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan.

“Mehnat faoliyati davomida temiryo‘l tizimini rivojlantirishda va sohani ulkan yutuqlarga erishish yo‘lida butun umrini baxshida etdi.

O‘z kasbining fidoyisi, faxriy temiryo‘lchi, tashkilotchi rahbar Bahodir Yusupovning vafoti munosabati bilan ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJ marhumning oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi xabarda.

Bahodir Yusupov o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda