Daryo

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Avazbek Madaminovich G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi

1 daqiqa o‘qish110 125 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Madaminovich G‘aniyev 15-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda Facebook’da xabar qoldirgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidovning yozishicha, G‘aniyev qon bosimi ko‘tarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan. U 62 yoshda edi.

Foto: Muhammadjon Obidov

Avvalroq viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek G‘aniyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa uning pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma’lum qilgandi.

Avazbek Madaminovich G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.

Avvalroq Andijon viloyati Andijon tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar