17-sentabr kuni BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzade bilan uchrashuv Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov uchun vazirlik binosi ichidagi birinchi “niqobli uchrashuv” bo‘ldi. Vazir respublikada koronavirus infeksiyasi ilk marta qayd etilgan vaqtdan boshlab Tashqi ishlar vazirligi binosi ichida o‘tkazilgan hech bir uchrashuvda niqobga ehtiyoj sezmagan. Buni quyidagi suratlarda ko‘rish mumkin:

May 

O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan birinchi marta tashkil etilgan videokonferensaloqa rejimida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida.

2020-yil 12-may.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensiya formatidagi navbatdan tashqari majlisida.

2020-yil, 13-may.

Videokonferensaloqa shaklidagi “O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston” birinchi uch tomonlama majlisida.

2020-yil 27-may.

Iyun

Videokonferensaloqa shaklidagi “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida.

2020-yil, 12-iyun. 

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlik: COVID-19’ga qarshi kurashda birdamlik mavzusidagi videokonferensiyada.

2020-yil 18-iyun.

Diplomatik missiyasini yakunlagan Italiyaning favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi bilan videokonferensaloqa shaklidagi muzokaralarda.

2020-yil 22-iyun.

“O‘zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forumda.

2020-yil 26-iyun.

AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashuvda.

2020-yil 30-iyun.

Iyul

Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qilish marosimida. 2020-yil 1-iyul.

Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qilish marosimida. 2020-yil 1-iyul.

“Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) videokonferensiyasida. 2020-yil 1-iyul. 

Qatar bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdul Rahman bin Jasem al-Taniy bilan videokonferensiya shaklidagi muzokaralarda.

2020-yil 15-iyul.

Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuvda.

2020-yil 16-iyul.

Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuvda.

2020-yil 16-iyul.

Videokonferensiya shaklidagi “Markaziy Osiyo—Xitoy ” birinchi vazirlar uchrashuvida.

2020-yil 16-iyul.

Avgust 

Videokonferensiya shaklidagi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idorlari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida.

2020-yil 11-avgust.

Italiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qilish marosimida.

2020-yil 24-avgust.

O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlagan Isroil davlatining favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qilish marosimida.

2020-yil 26-avgust.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashuvda.

2020-yil 28-avgust.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashuvda.

2020-yil 28-avgust.

Sentabr 

BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.

2020-yil 17-sentabr.

BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.

2020-yil 17-sentabr.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni qayd etilgan bo‘lib, shu kuni 11-martda Fransiyadan qaytgan shifokorning tahlillari koronavirusga ijobi natija bergan edi.  Oradan 3 oydan ortiq vaqt o‘tib, 9-iyul kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.