• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentcha ko‘zbo‘yamachilik: To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan xonanda Vohidjon Isoqov aslida jarimaga tortilmagan bo‘lishi mumkin

    Davomi: To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan Vohidjon Isoqovga 4,5 mln so‘m jarima yozildi. “Avvalgi jarima” noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

    Xonanda Vohidjon Isoqov uylangani, nikoh to‘yi 14-sentabr kuni Tashkent City’dagi parkda, ko‘plab taniqli estrada yulduzlari ishtirokida bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar berilgan edi. Xalqqa “to‘ydagi mehmonlar soni 30 kishidan oshmasin, to‘y uyda o‘tkazilsin” degan talab qo‘yilgan bir vaqtda, bir xonanda o‘z to‘yini poytaxt markazida dabdaba bilan o‘tkazgani, bir necha kundirki, jamoatchilik diqqat-e’tiboridagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib turibdi.

    16-sentabr kuni Toshkent shahar IIBB to‘yida “mehmonlar soni 50 dan oshgan” 32 yoshli Vohidjon Isoqovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan jarimaga tortgani (bunda qoidabuzarga nisbatan moddaning aynan qaysi bandi qo‘llanilgani aytilmagan), xonandaga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari (1 115 000 so‘m)ga teng jarima belgilangani haqida axborot berdi (ma’lumot uchun, 54-modda bo‘yicha jamoat joylarida niqob taqmaganlargina BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi).

    Foto: IIB axborot xizmati

    Aksiga olib, Toshkent shahar IIBB xonandaga haqiqatan ham chora ko‘rilganining isboti tariqasida jarima hujjatining suratini e’lon qilmadi — odatda poytaxt IIBB matbuot xizmati shov-shuvli voqealar bo‘yicha o‘z munosabatlarida xuddi shunday hujjatlarning suratlarini ommaga ko‘rsatar edi. Solingan jarima miqdori kamligi, jarima hujjatining surati e’lon qilinmagani, boz ustiga, boshqa holatlar (masalan, xonandaga “to‘yingni el qatori uyingda o‘tkaz” demay, Tashkent City’da to‘y qilishga ruxsat berilgani) bo‘yicha munosabat bildirilmagani vaziyatni o‘rganish zarurligini ko‘rsatdi.

    Koronavirus pandemiyasi vaqtida to‘ylar qanday o‘tkaziladi?

    Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 12-avgustdagi 43-sonli bayoni 1-bandi ijrosini ta’minlash, ya’ni to‘y marosimlarini fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talalariga rioya qilgan holda o‘tkazish borasida yaxlit tizimni yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan qo‘shma ko‘rsatma tayyorlangan.

    Unga ko‘ra, nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar FHDYo organlariga yozma yoki elektron ravishda ariza bilan murojaat qilishi, FHDYo ushbu arizani “FHDYo yagona elektron arxivi”da qayd etib, axborotni IIV axborot tizimiga yuborishi, ichki ishlar boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)lari esa FHDYo taqdim etgan ma’lumotlarni mahallalar kesimida taqsimotini tayyorlab, taqsimot asosida to‘y qiluvchi fuqarolar ro‘yxatini nazorat qilish uchun hududiy profilaktika inspektori hamda mahalla fuqarolar yig‘iniga taqdim etishi kerak. “Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘y marosimlarini qayd etib borish kitobi yuritiladi”, — deyiladi ko‘rsatma bilan tasdiqlangan To‘y marosimlarini uy sharoitida sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibida.

    Profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolari yig‘inlari vakillari tuman (shahar) IIB tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida to‘y marosimini uy sharoitida o‘tkazayotgan fuqaroning xonadoniga borib, to‘yni, xususan, faqat yaqin qarindoshlar ishtirokida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (san’atkor, videotasvirchi, to‘y marosimi uchun qilingan xizmatchilar va boshlovchi bundan mustasno) tarkibda o‘tkazish, to‘y kuni o‘zgarsa, bu haqda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillarini xabardor qilish va boshqa talablar haqida ogohlantirishi kerak. Inspektor va mahalla vakili to‘yga ikki kun qolganida yana to‘y qiladigan xonadonga borib, vaziyatdan xabar olishi kerak. To‘y kuni esa mahalla vakili va profilaktika inspektori nazorat tariqasida to‘y o‘tkazilayotgan xonadonga borib, marosim to‘liq karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilayotganini o‘rganishi kerak.

    “Agar to‘y karantin qoidalariga rioya qilinmagan holda o‘tkazilayotganligi aniqlansa, xonadon oila a’zolariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi”, — deyiladi ko‘rsatmaning 2-ilovasida. Amaldagi tartib bo‘yicha, profilaktika inspektori to‘y egalariga o‘zi jarima belgilay olmaydi, u faqat holatni qayd etib, bu bo‘yicha chora ko‘rish uchun ishni hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga oshiradi.

    Yopishmagan gajaklar

    Surishtiruvlar davomida Tashkent City’dagi to‘y bo‘lgan hudud “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘iniga kirishi ma’lum bo‘ldi. Mahalla profilaktika inspektori Ravshan Rixsiboyevning “Daryo” muxbiri bilan suhbatda, “agar joy egasi ruxsat bersa”, Tashkent City’dagi parkda ham “to‘y o‘tkazish mumkin”ligini ta’kidladi (vaholanki, Maxsus komissiya qarorida ham, uchta davlat tashkilotining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shma ko‘rsatmasida ham to‘y marosimlari faqat uyda o‘tkazilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan). Inspektorning qo‘shimcha qilishicha, u to‘y kuni parkda bo‘lgan va u borgan vaqtda to‘yda 30 nafardan ortiq fuqaro bo‘lmagan.

    Inspektorning aytishicha, u 16-sentabr kuni Shayxontohur tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘limi xodimi bilan to‘y bo‘lgan joyga borib, holatni o‘rgangan, dalolatnoma rasmiylashtirib, qonuniy chora ko‘rish uchun tuman SENBga yuborgan. Muxbirning: “To‘y karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazilganini to‘y o‘tib bo‘lganidan keyin qanday aniqlandi?”, degan savoliga inspektor javob bera olmadi. Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi (SENB) boshlig‘i Behzod Odilov esa xonandaning to‘yini o‘rganish bo‘yicha SENBdan hech kim ichki ishlar organlari tomonidan jalb qilinmaganini bildirdi.

    Xonandaning to‘yi bo‘yicha SEN xizmatlariga dastlabki murojaat faqat 17-sentabr, payshanba kuni tushdan so‘ng kelib tushgan (bundan bir kun avval — 16-sentabr kuni esa Toshkent shahar IIBB xonanda BHMning 5 baravariga jarima tortilgani haqida axborot bergani haqida yuqorida yozildi). Behzod Odilovning aytishicha, Mirobod tuman IIB karantin qoidalarini buzgani uchun Vohidjon Isoqovning doimiy yashash joyi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni yuborgan. Unda xonandaning nikoh to‘yiga 40—45 dan ortiq mehmon kelgani aniqlangani (shahar IIBB axborotida “mehmonlar soni 50 dan ortiq” edi), shu munosabat bilan holat yuzasida to‘plangan hujjatlar asosida qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan (qayd etish joiz, xonanda 17-sentabr kuni Instagram’dagi sahifasida ichki ishlar xodimlari bilan niqobsiz suhbatlashib o‘tirgani aks etgan suratni e’lon qilgan edi).

    Niqob taqmagan xonanda Vohidjon Isoqov ko‘chada ichki ishlar xodimlari bilan birga suhbatlashib o‘tiribdi. 2020-yil, 17-sentabr.

    Niqob taqmagan xonanda Vohidjon Isoqov ko‘chada ichki ishlar xodimlari bilan birga suhbatlashib o‘tiribdi. 2020-yil, 17-sentabr.
    Foto: Instagram / @vohidjon_isoqov

    Mirobod tumani SEN bo‘limi rahbari Dilbar To‘raxo‘jayeva “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ko‘rib chiqilayotgan holat bo‘yicha qoidabuzarga BHMning 5 emas, balki Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan BHMning 20 baravari (4 460 000 so‘m)dan 30 baravari (6 690 000 so‘m)gacha jarima solinishi kerakligini ta’kidladi. “Ochig‘i, ichki ishlar xodimlari bizning ishtirokimizsiz jarima belgilab qo‘yganidan jahlim chiqdi. Qonun barchaga barobar bo‘lishi kerak. Vohidjon Isoqovning o‘zi bilan bog‘lana olmadik. Akasi bilan gaplashganimizda, kecha, 17-sentabr kuni SENBga kelishi kerakligini aytgan edik, ammo kelmadi. Endi yashash xonadoniga borib, holatni o‘rganib, qonuniy chora ko‘ramiz. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, — dedi To‘raxo‘jayeva xonim.

    Masalaning yana bir tomoni — to‘y xonadonda emas, Tashkent City’da o‘tkazilgani. Bu yerda istalgan odam o‘zidan-o‘zi, beruxsat, ko‘plab mashhur insonlar ishtirokida dabdabali bir tadbir o‘tkaza olmaydi. Tabiiyki, poytaxt markazidagi alohida qo‘riqlanadigan hududda pandemiya davrida taqiqlangan tadbirni o‘tkazishga yo‘l qo‘yganlik uchun ham javobgarlik bor (boz ustiga, restoranlarda banket va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazishga taqiq hali bekor bo‘lgani yo‘q). Biroq, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Behzod Odilovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ichki ishlar organlaridan hozirgacha Tashkent City hududida to‘y o‘tkazishga ruxsat bergan shaxsga biror chora ko‘rish bo‘yicha hech qanday so‘rov kelmagan. Tashkent City’ning parki joylashgan “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nasiba Qodirova esa u yerda to‘y bo‘lishi haqida mahallani hech kim ogohlantirmaganini ham aytdi.

    “Hozir mahalla idoramizning aniq bir joylashgan binosi ham yo‘q. Tashkent City’dagi park o‘zi mening mahallamga kiradimi yoki qo‘shni ‘O‘qchi’gami — buni ham aniq bilmaymiz. Shunga qaramay, profilaktika inspektorlarimiz bilan birga to‘y o‘tgan joyga borib, ularni yozma ravishda ogohlantirib kelmoqchimiz”, — dedi mahalla raisi “Daryo” muxbiriga bergan qisqa intervyusida.

    Xulosa o‘rnida

    Yuqoridagi matndan muxbir ushbu ma’lumotlarni bir arzimas harakat bilan qo‘lga kiritgandek ko‘rinsa-da, aslida poytaxt markazidagi oddiy bir mahallaning oddiy bir profilaktika inspektorini topishga (aniqrog‘i, uni mutasaddilarning has-po‘shlari orasidan ajratib, chiqarib olishga) yarim kun vaqt ketdi. Ichki ishlar organlari mas’ullari hech qaysi ma’lumot yashirilmayotgani, hammasi ochiq-oydin ko‘rinib turgani va hatto xonanda jarimaga tortilgani haqida axborot berilganini tinmay ta’kidlagan bo‘lsa-da, nega jarima noto‘g‘ri qo‘llanilgani (o‘zi qo‘llanilganmi?), SEN xizmatlari nega bu jarimadan bexabarligi, nega mumkin bo‘lmagan joyda to‘y o‘tkazishga ruxsat berganlarga chora ko‘rilmayotgani haqidagi savollarga javob bera olmadi (yoki javob berishni istamadi).

    Jamoatchilik esa xonanda Vohidjon Isoqovdan minnatdor bo‘lishi kerak, degan mulohaza ham bor — u o‘z misolida qonun barchaga barobarmi, O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari Amir Temurning haykaliga savol bergan yoshlarni ham, karantin sabab daromadsiz qolib, oilasini boqish dardida stikeri yo‘q Matiz’ida ko‘chaga chiqqan haydovchiga ham, karantin davrida qizining tug‘ilgan kunini ko‘plab mehmonlar ishtirokida dabdaba bilan o‘tkazgan hokimga ham, uydan tashqarida to‘y qilish taqiqlangan bir vaqtda Tashkent City’da to‘y o‘tkazgan xonanda ham teng ko‘rib, barcha qoidabuzarlarni bir xilda jazolay oladimi yoki yo‘q — shuni ko‘rsatib berishi mumkin. Qiziq, O‘zbekistonda qonun barchaga barobarmi?

    PS. Material chop etishga tayyorlanayotganida, Mirobod tuman SENB boshlig‘i Dilbar To‘raxo‘jayeva “Daryo” muxbiri bilan bog‘lanib, maxsus guruh xonanda Vohidjon Isoqovning xonadonida bo‘lib qaytganini bildirdi. Ta’kidlanishicha, SENB xodimlarini xonandaning akasi kutib olgan va bu bevosita ukasi bilan bog‘liq ish ekani, barchasini ukasi bilan hal qilishlari lozimligini, lekin ukasi hozir uyda emasligi, ko‘chaga chiqib ketganini aytgan. Ukani telefon qilib chaqirmoqchi bo‘lishganida, uning telefoni tarmoqdan tashqarida ekani ma’lum bo‘lgan.

    18.09.2020, 15:55   Izoh (0)   213052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston maktablarida darsliklar yetishmovchiligi yuzasidan izoh berildi

    18.09.2020, 15:10

    “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi sobiq boshlig‘i Bahodir Yusupov vafot etdi

    18.09.2020, 14:34

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi profilaktika va davolash maqsadida o‘qituvchilarga qaysi dorilar bepul berilishi ma’lum qilindi

    18.09.2020, 14:11

    O‘zbekistonda go‘sht narxining o‘sishi ozuqa bazasi rivojlanmagani sabab yuzaga kelgani ma’lum qilindi

    18.09.2020, 13:59

    SSV tomonidan koronavirus oqibatida vafot etgani aytilgan 11 yoshli bo‘stonliqlik bola bir necha yildan beri og‘ir tashxis bilan dispanser nazoratida turgan

    18.09.2020, 13:14

    O‘zbekistonda masjidlar soni 2075 taga yetdi

    18.09.2020, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.