O‘zbekiston 2020-yilning yanvar—avgust oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning shu davrida 679,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda 694,2 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatilgani ta’kidlangan. 2019-yilda 701,2 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 638,9 ming tonnaga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020-yil yanvar—avgust oylarida neft qazib olishni 2019-yilning shu davriga nisbatan (467,3 ming tonna tonna) 488,2 ming tonnagacha oshirgan.

Mamlakatda 2020-yil yanvar—avgust oylarida tabiiy gaz qazib olish olish 32,5 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (40,1 milliard kub metr).

2020-yil yanvar—avgust oylarida O‘zbekiston 916 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (1,39 million tonna).