Daryo

Farg‘onada 2023-yildan boshlab Ai-92 benzin va “Yevro-5” standartidagi dizel ishlab chiqariladi

Modernizatsiyalashda asosiy asbob-uskuna va vositalar Fransiyaning Axens kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi

1 daqiqa o‘qish61 587 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

2020-yil 7-martdan Jizzakh Petroleum MChJ qo‘shma korxonasi ishonchli boshqaruviga berilgan “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish loyihasini tasdiqladi. Loyihaning umumiy budjeti 300 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar bergan.

Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 7-fevraldagi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ quvvatidan samarali foydalanish va zavodni modernizatsiya qilishni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyuldan boshlab zavod Ai-92 benzini hamda “Yevro-5” standartidagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishi hamda xalqaro standartlarga mos keladigan bazaviy va motor moylari ishlab chiqarish uchun neft bloklarini modernizatsiya qilishi kerak.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Kompaniya 2020-yildan 2023-yilgacha yuqori konsentratsiyalangan vodorodni ishlab chiqarish, yengil nafta izomerizatsiyasi va vakuum distillyatlarini gidrokreksiya qilish uchun asbob-uskunalar va materiallarni loyihalash, sotib olish, yangi zavodlar va jarayonlarni qurish va foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

Mavzuga doir: Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda

Gidrokreking kompleksi, shuningdek, modernizatsiya qilingan yoqilg‘i va neft bloklarini o‘z ichiga olgan “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”ning kelajakdagi konfiguratsiyasi neftni qayta ishlash quvvatini 92 foizgacha oshirish imkonini beradi. Bu qo‘shimcha qiymatga ega neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradi. Aviatsiya va dizel yoqilg‘isi, shuningdek, bazaviy va tijorat moylari ishlab chiqarish hajmi oshadi.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Modernizatsiyalashda asosiy asbob-uskuna va vositalar Fransiyaning Axens kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Bazaviy loyihalar dizayni bilan Italiyaning Wood muhandislik shirkati shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yanvar—may oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar