• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Ibtidoiy odamlarning Versali. Lasko g‘oridagi qadimiy suratlar topilganiga 80 yil bo‘ldi

    Bundan 80 yil avval – 1940-yilning 12-sentabr kuni Fransiyada ilm-fan uchun muhim voqea sodir bo‘ldi. Bir nechta yosh bolalar hozirda o‘zining qoyatosh suratlari bilan mashhur Lasko g‘orini tasodifan ko‘rib qoldi. Bu esa tarixga Lasko g‘ori topilgan sana sifatida kirdi. “Daryo” bugungi maqolada Lasko g‘ori ajoyibotlari va uning topilish tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    G‘orning topilishi va uning davlat himoyasiga olinishi

    Lasko g‘orining topilishi borasida bir qancha taxminlar ilgari suriladi. Ular ko‘pincha bir-biriga qarama qarshi keladi: it tomonidan topilgan, to‘p o‘yini paytida topilgan yoki ilgaridan ma’lum bo‘lgan izlanishlar natijasida topilgan. Nima bo‘lganda ham, bu ikki bosqichda, ya’ni 1940-yilning 8 va 12-sentabr kunlari amalga oshirilgan.

    Eng ko‘p tarqalgan versiya esa quyidagicha: 1940-yilning 8-sentabr kuni Marsel Ravidat o‘rtoqlari Jan Klozel, Moris Keyrua va Luis Periyelar bilan Montinyak qishlog‘ida sayr qilib yurganida tasodifan g‘orning kirish qismiga duch kelib qoladi. Sayr vaqtida ularning iti Robot bir quyonni quvib ketadi va quyon bir tuynukka kirib ketadi.

    Marsel esa quyonni chiqarish maqsadida tuynukka tosh tashlaydi, ammo shu payt tuynukning ichi ancha kengligi va u qandaydir bir yerosti yo‘liga ulangandek tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yerdan 500 metr uzoqlikda Lasko qasri borligi sababli u qandaydir saroyga olib boruvchi yerosti yo‘li bo‘lsa kerak deb taxmin qilinadi. (“Le trésor de Lascaux découvert il y a 70 ans”, Ouest-France, no 664, 12 septembre 2010, p. 4 (interview de Georges Agniel).

    Oradan to‘rt kun o‘tgach 12-sentabr kuni Marsel kerakli anjomlar bilan qurollanib tuynuk topilgan yerga boradi. Pichoq va moy lampalar bilan qurollangan Marselga bu safar Jorj Agniel, Simon Konkas, Jak Marsal, Jorj Estregilar hamrohlik qiladi. Yoshlar diametri 20 sm bo‘lgan tuynuk og‘zini kengaytirib, birinchi bor mazkur g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ladi va u yerda ilk suratlarni topadi. Bir necha kunlik tashriflar va g‘ordagi quduqni topganlaridan keyin Jak Marsal uni changga belanib kelganini ko‘rgan ota-onasiga ushbu topilma haqida aytib beradi. Ular nafaqadagi o‘qituvchisi Leon Lavalga bu haqda xabar berishadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo u buni hazilga yo‘yib g‘orga kirishga jazm etmaydi. Montinyakdagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilayotgan Moris Taon ushbu topilma haqida eshitib g‘orga tushadi va u yerdan bir nechta hayvonlarning suratlarini oladi. U esa qadimgi dunyo tarixi bo‘yicha mutaxassis, nemislardan qochib kelgan Anri Breil bilan uchrashadi va bu haqda aytib beradi. Shunday qilib, 21-sentabr kuni Lasko g‘origa ilk mutaxassis abbat Anri Breil kanonik Jan Buysoni hamda doktor Andre Sheyniye hamrohligida g‘orga kiradi. Keyinchalik esa boshqa mutaxassislar ham g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ladi.

    G‘or haqida ilk ma’lumotlarni yozgan shaxs esa Anri Breil bo‘ldi. U 1940-yil oxiridan boshlab hisobotlar berdi va u yerdagi tasvirlarni o‘rganish maqsadida bir necha haftalab hududda qolib ketdi. G‘ordagi tasvirlarni u Yuqori paleolit davriga oidligini ilgari surdi va Gravet madaniyatiga taalluqli deb hisobladi.

    1952-yildan 1963-yilgacha Breilning iltimosiga binoan Andre Glori tomonidan 120 metr kvadrat maydondagi qoyatosh rasmlarining fotosuratlari olindi. Ularda 1 433 ta tasvir jamlangan edi, bugungi kunda ularning soni 1 900 tani tashkil etadi. Keyinchalik parietal tasvirlar va ularning atrofi ham bir qator olimlar tomonidan o‘rganildi va o‘rganilmoqda. G‘or topilgan yiliyoq tarixiy obida sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. G‘or joylashgan hudud ham keyinchalik tarixiy obyekt sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 1979-yil oktabr oyida esa Vazer vodiysidagi boshqa g‘orlar singari Lasko ham UNESCO’ning ro‘yxatiga kiritildi.

    G‘orning tavsifi

    G‘or qanday tuzilishga ega? Bu haqda bilish uchun Andre Lerua Guranning g‘or haqidagi tavsiflarini keltirib o‘tamiz.

    Lasko g‘ori nisbatan kichik bo‘lib, barcha yo‘laklarning uzunligi 235 metrdan oshmaydi. Chuqurligi taxminan 30 metr. Asosiy kirish joyi qadimiy bo‘lib, zamonaviy himoya moslamalari bilan jihozlangan. G‘or an’anaviy tarzda xonalar va yo‘laklarga bo‘lingan. Bu esa uni tavsiflashga yordam beradi. Ularning nomlari Anri Breil tomonidan o‘ylab topilgan va biroz diniy arxitekturani yodga soladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ularning nomlari quyidagicha:

    • Birinchi zal Rotonda yoki Buqalar zali deb nomlanadi. Uzunligi 17 metr, kengligi olti metr va balandligi yetti metr. Nomidan ham ma’lumki, u yerda asosan buqalar tasvirini uchratish mumkin. Ushbu zal Laskoning eng ajoyib qismi hisoblanadi;
    • Rotondadan Divertikul aksial yoki “aksenel o‘tish” bo‘ylab navbatdagi galereyaga o‘tiladi. Uning uzunligi ham birinchisi bilan bir xil bo‘lib, nisbatan torroq, bu yerda ham asosan otlar va buqalar tasvirini uchratish mumkin;
    • Buqalar zalidan “aksenel o‘tish”ning o‘ng tomonida joylashgan “passaj” (fr. Passage) zaliga o‘tiladi. Ushbu galereyaning uzunligi 15 metrni tashkil qiladi. Uning tasvirlariga katta zarar yetgan bo‘lib, tasvirlarni ko‘rishning imkoni yo‘q;
    • Nef deb nomlangan navbatdagi galereyada 4 guruh tasvirlarni uchratish mumkin. Ular izlar paneli, qora sigir, suvda suzayotgan kiyiklar va urishayotgan bizonlardan iborat. Shuningdek, bu yerda bir qator geometrik tasvirlarni ham uchratish mumkin;
    • Keyingi zal mushuklar tasviri tushirilgan “Mushuklar zali”. U yerda mushuklar bilan bir qatorda boshqa turdagi jonivorlarning tasvirlarini ham uchratish mumkin;
    • Apside (fr. Abside) deb nomlangan navbatdagi galereya o‘zida mingta gravyurani namoyon etadi. Shuningdek, bu yerda Laskodagi yagona shimol bug‘usining tasvirini ko‘rish mumkin;
    • Shaxta yoki chuqur deb nomlangan navbatdagi zalda boshi qushnikiga o‘xshash odam tasviri tushirilgan. U bizon va karkidon o‘rtasida yiqilib tushayotgandek tasvirlangan
    Laskodan bunday tasvirlardan tashqari bir qator arxeologik buyumlar ham topilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi Lasko

    Bugungi kunda Lasko g‘ori omma uchun yopiq bo‘lib, undan bir necha yuz metr uzoqlikda xuddi o‘ziga o‘xshatib uning faksimilyesi yaratilgan. Tashrif buyuruvchilar aynan mana shu nusxalarga kirib, Laskoning eksponatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday faksimilyelarning birinchisi 1983-yil 18-iyulda ochilgan bo‘lib, Lasko 2 deb nomlanadi. Ushbu g‘orni tomosha qilish maqsadida har yili o‘rtacha 270 mingdan ortiq turist tashrif buyuradi. Undan tashqari Laskoning Lasko 3 va Lasko 4 deb nomlangan o‘xshashlari ham yaratildi.

    Lasko g‘oridagi ushbu topilmalar tarixchilar uchun muhim kashfiyot bo‘lib, o‘sha davrdagi odamlar hayoti haqidagi tasavvurlarning shakllanishida yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Lasko o‘zining go‘zalligi tufayli qadimgi dunyoning Versali va Fransiya Altamirasi deb ham nomlanadi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    15.09.2020, 22:11   Izoh (0)   69714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inson hayotidagi “eng baxtsiz yosh” aniqlandi

    15.09.2020, 17:36

    Amerikalik olimlar koronavirusni neytrallovchi dori vositasini aniqladi

    15.09.2020, 15:45

    O‘tgan 36 yil ichida dunyo bo‘yicha yovvoyi hayvonlar soni 68 foizga qisqarib ketdi

    11.09.2020, 11:22

    AQShda bundan 40 yil oldin o‘lgan Prjevalskiy oti klonlashtirildi

    08.09.2020, 21:22

    Asalari zahri ko‘krak saratonini davolashga qodir ekanligi aniqlandi

    05.09.2020, 15:35

    Olimlar oyoq uchida yurish ozishga yordam berishini aniqladi

    02.09.2020, 09:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.