Amerikaning Yuta universiteti olimlari muntazam oyoq uchida yurish ozishga faol yordam berishini aniqladi. Mutaxassislar bu kabi usulda kuniga besh daqiqadan yurishni tavsiya etadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribada 20-40 yosh oralig‘idagi 27 kishi ishtirok etgan. Ko‘ngillilarning barchasi yugurish yoki yurish bilan shug‘ullangan. Ekspertlarning aniqlashicha, tovoniga tayanib yurgan insonlar tadqiqotning boshqa ishtirokchilaridan ko‘ra kamroq energiya sarflagan.
Paypoqda yurganlar esa energiyani 83 foiz ko‘proq sarflagan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, oyoq uchida yurish boldir suyaklari, orqa, tizza va tos to‘qimalari faolligini oshiradi. Ular bu usulda kuniga besh daqiqa yurishni tavsiya etadi.
Olimlarning fikricha, ularning tadqiqot natijalari orqa va tayanch-harakat apparatlari bilan muammosi bor insonlarni davolashga ixtisoslashgan shifokorlarga yordam beradi.
Izoh (0)