Avstraliyada joylashgan Garri Perkins tibbiyot tadqiqot instituti olimlari asalarining zahri ko‘krak saratonining zararli hujayralarini yo‘q qilishga qodirligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etildi.
Olimlar 300 dan ortiq asalari va tukli arilarning zahrini sinovdan o‘tkazib, zaharning ma’lum bir konsentratsiyasi boshqa hujayralarga minimal darajada zarar yetkazib, bir soat ichida saraton hujayralarini o‘ldiradi. Biroq doza oshib ketsa, uning toksiklik darajasi ortib ketadi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, saraton hujayralariga asalari zahridagi modda — melittin ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu moddani sintetik usulda ham olsa bo‘ladi.
Olimlar mazkur tadqiqotni “nihoyatda hayajonli” deb atagan, biroq ularning ogohlantirishicha, zahar saratonga qarshi dori vositasi bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun vaqt talab etiladi.
Izoh (0)