Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida qoidabuzarligi uchun to‘xtatilgan va ma’muriy bayonnoma tuzish jarayonini tasvirga olayotgan haydovchiga o‘zini obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori D. Mashkurov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani, uning kelgusida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 9-sentabrda internetda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqalgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Toshkent viloyati Ohangaron shahar IIB YHXB YPX guruhi inspektori V.Qodirxonov 2-sentabr kuni Ohangaron shahar Amir Temur ko‘chasida soat 20:10 da Cobalt haydovchisini svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlanib kelganligi uchun to‘xtatgan.

Haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda I.A. mobil telefoni orqali holatni tasvirga olishni boshlagan.

Shu paytda tungi xizmatga jalb qilingan Ohangaron shahar IIB YHXB Ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori D.Mashkurov ichki ishlar organlari xodimini obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan. Xodimning bu xatti-harakati haydovchining tasvirlariga muhrlangandi.

YPX xodimlari bilan bog‘liq bu kabi vaziyatlar haqida boshqa xabarlar ham berilgan. Jumladan, 5-sentabrda Toshkent viloyatida YPX xodimiga 2 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga tushgani, 7-sentabrda Samarqandda YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan 19 yoshli haydovchi olti sutkaga qamalgani, 8-sentabrda Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ygani, prokuratura holat yuzasidan surishtiruv boshlagani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya prezidentligiga nomzod Do‘g‘u Perinchek saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATOdan chiqarishga va’da berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi