Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda (2:0) urgan yubiley gollari (100 va 101) haqida fikr bildirdi.
Men ushbu tarixiy natijaga erishganimdan g‘ururlanaman! Menga 100 ta gol urishim mumkinligini aytishganida, bu yetarli emasligini aytgandim. Portugaliya uchun 101 ta gol.Eslatib o‘tamiz, Ronaldu terma jamoa safida 100 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Faqatgina Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Dayi undan ko‘proq gol (109) urishga erishgan.Krishtianu Ronaldu, futbolchi