Hindistonning Mumbay shahrida chang bo‘roni vaqtida metall reklama taxtasi qulab, 8 kishi halok bo‘ldi, 70 ga yaqini jarohatlandi, 30 ga yaqin odam hamon vayronalar ostida qolmoqda. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Avvalroq 3 kishi halok bo‘lgani va 64 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, 30 metrli reklama banneri litsenziyasiz va ruxsat etilgan o‘lchamlardan oshib ketgan holda o‘rnatilgan. Favqulodda hodisa joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Hindiston poytaxtining gavjum hududida o‘rnatilgan ulkan reklama taxtasi to‘satdan bo‘ron boshlanganda, silkinib, yoqilg‘i quyish shoxobchasi ustiga qulagan, u yerda odamlar va mashinalar bo‘lgan.
13-may kuni Mumbayda kuchli yomg‘ir va chaqmoq chaqib, shamol tezligi soatiga 50 km ga yetgan. Noqulay ob-havo tufayli bir necha reyslar qoldirilgan va poyezdlar qatnovi, jumladan, yer usti metrosi qatnovi ham to‘xtatilgan.
Izoh (0)