Amerikalik olimlar ancha oldin o‘lib ketgan otning genidan Prjevalskiy oti klonini yaratdi. Bu haqda hayvonlarning genetik ma’lumotlarini saqlash va qayta tiklashga ixtisoslashgan Revive&Restore kompaniyasining saytida ma’lum qilingan.

Foto: Revive & Restore

Genetik Kurt Benirshke sharafiga Kurt nomi qo‘yilgan qulun 2020-yil 6-avgust kuni dunyoga kelgan. Uni klonlashda 1980-yildagi Britaniya ayg‘irining muzlatilgan hujayralaridan foydalanilgan.

Amerikalik biolog Ben Novakning ta’kidlashicha, bu so‘nggi 17 yilda Prjevalskiy otini klonlash bo‘yicha amalga oshirilgan birinchi muvaffaqiyatli ish hisoblanadi. U buni “ilmiy yutuq” deb atagan.

Hozirda Prjevalksiy oti populyatsiyasi ikki mingga yaqinni tashkil etadi. Ularning barchasi 1990-yillarda butkul yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan 12 zotdan dunyoga kelgan.