Rossiyada ommaviy emlash tufayli koronavirus pandemiyasi 2021-yilning yoziga borib tugashi mumkin. “Izvestiya”ning xabar berishicha, bu haqda COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Grinsburg ma’lum qildi.

Foto: “Moskva” AA

Grinsburgning aytishicha, davlat yiliga 80 million doza “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish uchun bor imkoniyatlarini ishga solsa, shunday natijaga erishish mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz tomonidan oyiga 600-700 ming doza, Binnofarm, R-Farm va Generium kompaniyalari bilan birgalikda esa taxminan 5 million doza vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolar emlanmagunga qadar Rossiyada COVID-19’ga qarshi kurash va yo‘qotishlar davom etaveradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Ushbu vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlanishi ma’lum qilingan. 3-bosqichida ishtirok etadigan o‘n minglab ko‘ngillilar barcha zarur muolajalarni ambulatoriya sharoitida o‘taydi.