• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Lola ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgani, erining “plyus” va “minus”lari, otasining eng yaxshi maslahati haqida so‘zlab berdi

    Xonanda Lola Instagram sahifasidagi stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga savob berdi. Quyida xonanda va muxlislari muloqoti davomida berilgan savollar va javoblar taqdim etiladi.

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Turmush o‘rtog‘ingizning sizga yoqadigan va yoqmaydigan xususiyati?

    — U har doim so‘zida turadi. Aytdimi, albatta, bajaradi. Uning burji qisqichbaqa. Agar bir qobig‘iga o‘ralib olsa, atrofdagilarga qiyin bo‘ladi. Endi esa ushbu qobiq ta’sir qilmaydigan yagona insoncha tug‘ildi (Lola qizi Aishani nazarda tutmoqda).

    — Hamma narsaga qanday ulgurasiz?

    — Men ulgurmayman. Bunga hatto harakat ham qilmayman. Hammasiga ulgurish — imkonsiz. Asosiysi — bu hayotda baxtli bo‘lishga ulgurish. Quvonchga to‘la, chiroyli hayotda yashashga ulgurish. Farzandlaring qanday katta bo‘layotganini kuzatishni o‘tkazib yubormaslik, o‘zingni shaxs sifatida rivojlantirish, sevimli insoningizning yonida bo‘lib, kerakli so‘zlarni aytish, qo‘llab-quvvatlashga ulgurish… Dunyoni ko‘rish va uni o‘z farzandlaringizga ko‘rsatishga ulgurish, o‘zingizni tanishga ulgurish, qolgan bari bekor!

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Tug‘ruqdan keyin qanday ozdingiz?

    — Bu borada maslahat bera olmayman, buning hech qanday sirini ham bilmayman. Homiladorlik davrida 26 kiloga semirdim. Hozircha yana 8 kilogramm tashlash qoldi. Men juda kam ovqat yeyman va Aisha bilan ko‘p sayr qilaman.

    — Kecha to‘satdan otam o‘tib qoldi. Otangizning o‘limiga qanday ko‘nikdingiz?

    — Men ko‘nikmadim, biroq ko‘nikish “yo‘li”daman. Umid qilamanki, bu hayotdagi yagona to‘g‘ri yo‘l.

    Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan

    Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan
    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Otangiz bergan eng yaxshi, hech esingizdan chiqmaydigan maslahat?

    — O‘ylanishga majbur qildingiz, ko‘zimga yosh keldi. U har doim menga kerakli maslahatlar berardi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, u juda oilaparvar inson edi. Oilani har doim birinchi o‘ringa qo‘yardi. Har doim singlim ikkalamizga hayotdagi eng muhim narsa oila ekanligi hamda uni asrash kerakligini aytardi. “Ayollar ba’zan hissiyotlarga berilib ketib, ko‘p xato qilib qo‘yadi”, derdi. Har doim his-tuyg‘ularimni nazorat qilishga o‘rgatardi. “Shoshilma, o‘zingga kel, keyin qaror qabul qil”, derdi. Yana inson doim kechirimli bo‘lishi kerak, derdi. Men uni hammasi uchun kechirdim, umid qilamanki, u ham meni kechirishga ulgurgan…

    — Farzandlarni qanday tarbiyalash kerak? Tajribangiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Siz ularni qachondir urganmisiz?

    — Rostini aytaymi? Bolalarni qanday tarbiyalash kerakligini bilmayman. Onamning aytishicha, farzandlarimdan juda ko‘p narsa talab qilarmishman. U menga bolalarga erkinlik berishni, o‘z holiga qo‘yishni maslahat berdi. Ishonaman, ular yaxshi inson bo‘lib yetishadi. Bunga, umuman, shubham yo‘q. Bugun mening maqsadim ularga shaxs sifatida shakllanishiga hamda kuchli tomonlarini topishiga ko‘maklashish. Toki ular o‘ziga ishonsin. Kichkinaligimda o‘ziga ishonchi past, tortinchoq qizcha bo‘lganman, o‘zimga bo‘lgan ishonchsizlikni boshqarib bo‘lmaydigan energiyam ortiga yashirganman. Tengdoshlarim bilan yig‘ilsak, o‘zimni noqulay his etardim. Bu o‘z sevimli mashg‘ulotimni topib, energiyamni kerakli sohaga yo‘naltirgunimga qadar davom etgan.

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Qizlar tarbiyasida nimalarga e’tibor berish kerak?

    — Fikrimcha, qizlar tarbiyasida muhim narsalardan biri bu ularni o‘ziga hurmat ruhida tarbiyalash. Onajonlar, kelajakda erkaklarga xizmat qilishi kerak bo‘lgan qullarni tarbiyalashni to‘xtating! Qizlarga bilim bering, shunda ular “quti” tashqarisidagi dunyoni ko‘rgach, o‘zlari stereotiplarga to‘la “quti” ichida qolishni istamaydi.

    — Ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgansiz? Men ham ikki farzandim bilan ajrashdim.

    — Men bir kun ham ikki farzandim bilan qolib ketdim, deb o‘ylamaganman. Men ozod bo‘ldim! Ajrashish — bu tanlov. Va siz buni tanlaysiz. Farzandlaringiz sizning boyligingiz, ortiqcha yuk emas! Birga yashagan yillaringiz esa — tengsiz tajriba, vaqt va yoshlikni qo‘ldan boy berish emas. Hayotingiz uchun mas’uliyatni his eting va faqat olg‘a!

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Lola, juda rashkchiman. Ba’zan shunday ahmoqligim uchun o‘zimni koyiyman. Nima qilish kerak?

    — Hammada bo‘ladi. Boshqa insonni asosiy e’tibor markaziga qo‘ymaslikka harakat qiling. Asosiy e’tiborni o‘zingizga qarating. Kitob o‘qish, qiziqarli filmlar tomosha qilish, odamlar bilan muloqot qilish, ko‘rgazma, muzeylarga borish, o‘zingizga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni boshlang. Sog‘lig‘ingiz va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering. Shundan so‘ng, balki sizni rashk qila boshlashlari mumkin.

    — Siz haydagan birinchi mashina? Uni kim olib bergan edi?

    — Peugeot Cabriolet. 18 yoshga to‘lganimda otam sovg‘a qilgan edi.

    Onasi Gulnora Yo‘ldosheva bilan                                                                                                        Foto: Instagram / @lolaofficial_

    — Onangiz hozir qayerda?

    — Onam mart oyida meni ko‘rish uchun bir haftaga Moskvaga kelgan edi. Keyin pandemiya boshlanib, bu yerda olti oy qolib ketdi. Shunday qilib, kecha Toshkentga qaytdi.

    — Sizdek kuchli ayol bo‘lish uchun nima qilish kerak?

    — Chilparchin bo‘lish hamda o‘zni bo‘laklab, qaytadan terish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Lola turmush o‘rtog‘ining suratini ko‘rsatdi, Asal Shodiyeva baxti va orzulari haqida gapirdi. Instagram yangiliklariMunisadan hokimning qizi bilan tanishtirib qo‘yishni so‘rashdi, turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatishni istamaydigan Lola. Instagram yangiliklari

    03.09.2020, 15:22   Izoh (0)   67174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Bollivud aktyorlarining rafiqalari

    03.09.2020, 09:33

    Instagram: Kaniza endi shou-biznes vakili emas, qizi bilan videolari uchun tanqid qilingan SanJay, Shahzodaning “Chikko”si maktabga chiqdi

    02.09.2020, 22:48

    Munisa Rizayeva Yorqinxo‘ja bilan hordiq chiqarmoqda, Zarina o‘g‘lining o‘qishini Moskvaga ko‘chirdi. Instagram yangiliklari

    01.09.2020, 22:43

    Tilladan tikilgan kiyimlar, shaxsiy samolyotida kelgan mehmonlar: Dunyoning eng ko‘p pul sarflangan, dabdabali to‘ylari (foto)

    01.09.2020, 17:44

    Yozuv mashinkasi, hasharot va qo‘g‘irchoqlar. Mashhurlarning eng g‘ayrioddiy kolleksiyalari

    01.09.2020, 15:22

    Akvariumdan shlem, zar qog‘ozdan plash va patli palto. Ledi Gaganing MTV taqdirlash marosimidagi esda qolarli obrazlari (foto)

    01.09.2020, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.