Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada o‘zining bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli G.S. ismli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol kelishilgan pulning 500 dollarni olayotganida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan. Kimyoviy ishlov berilgan pullar G.S.dan ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Farg‘ona IIO FMB Tergov bo‘limi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-modda 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda esa 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgan. 14-iyul kuni Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)