Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Abdil  To‘xtashev — O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi

I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

  • Oybek Saidov — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

  • Fazliddin Ahmadillayev — Mudofaa vazirligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Abdirahim Mo‘minov — favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari;
  • Olim Saidov — Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Olga Kondrikova — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiy-safarbarlik bo‘limi katta inspektori;
  • Ramil Kontyukov — Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • Igor Kudryavsev — Toshkent davlat yuridik universitetining davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori;
  • Mubin Mirzayev — Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Elman Pashayev — Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi zveno komandiri;
  • Maksim Trishkin — Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in qutqaruv otryadi qutqaruvchi-g‘avvosi;
  • Shuxrat Yusupov — Mudofaa vazirligi markaz boshlig‘i.

“Mardlik” ordeni bilan

  • Otabek Begmatov — Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori;
  • Akmaljon Ibragimov — Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;
  • Sanjar Ibragimov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh katta ofitser-yo‘riqchisi;
  • Rahimjon Ergashev — Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi komandiri;
  • Og‘abek Nurmetov — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • Asrorbek Palvayazov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Otabek Choriyev — Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.

“Jasorat” medali bilan

  • Jaslan Abdramanov — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh katta yo‘riqchisi;
  • Abdulhodi  Abdulvohidov (marhum) — Milliy gvardiya Namangan viloyati qo‘riqlash boshqarmasi guruh safdor xodimi;
  • Suhrob Abdullayev — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Fahriddin Do‘sqobilov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Mirjalol Zokirov — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari guruh komandiri;
  • Yesemurat Kaypnazarov (marhum) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Shohrux Qodirov — Milliy gvardiya tezkor navbatchining katta yordamchisi;
  • Sobirjon Mamatqulov — Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;
  • Muhammaddiyor Mahamayusupov — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vzvod komandiri;
  • Muzaffar Mo‘minov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Farhodjon Nabijonov — Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi haydovchisi;
  • Jo‘raboy Odilov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Ilyos Oqboyev — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Hazrat Suyunov — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Husniddin Suyarov (marhum) — Milliy gvardiya harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Jaloliddin Shahobiddinov — Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiya komandiri.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Elmurad Arapov — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandirining o‘rinbosari;
  • Xasanboy Asqarov — Namangan viloyati Namangan shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi instruktor-qutqaruvchisi (yong‘in o‘chiruvchisi);
  • Komiljon Asqarov — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Albina Ahmedova — Davlat bojxona qo‘mitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bo‘lim boshlig‘i;
  • Laziz Begmanov — Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Jahongir Bekmurodov — Mudofaa vazirligi Inspeksiyasi boshlig‘i;
  • Mahkam Vafoyev — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i;
  • Ayzada Genjebayeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori;
  • Hamidjon G‘opirov — Milliy gvardiya harbiy qism vzvod komandirining o‘rinbosari;
  • Azamat Davletov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Xursan Jo‘raqulova — Navoiy viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv mudiri;
  • Maqsud Ibadullayev — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori;
  • Muzaffar Ibragimov — Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti boshlig‘i;
  • Sherzod Irmatov — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • To‘lqinjon Itoqov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i;
  • Jamoliddin Ko‘bayev — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari guruh komandiri;
  • Fahriddin Qarshiyev — Milliy gvardiya Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi guruh safdor xodimi;
  • Sanjar Mavlonov — Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori;
  • Sherali Mamatov — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari katta yo‘riqchisi;
  • Rashid Masharipov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i;
  • Axror Meliqulov — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i;
  • Fayzulloxon Muxtorov — Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod mutaxassisi;
  • Parda Narziyev — Bosh prokuratura ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori;
  • Bayram Naurizbayev — Bosh prokuratura Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i;
  • Viktoriya Nigay — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori;
  • Sayyot Norboyev — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi birinchi mintaqaviy hudud yo‘l-patrul xizmati otryadi inspektori;
  • Jonibek Nurberdiyev — Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori;
  • Talgat Omarov — Milliy gvardiya harbiy qism komandirining o‘rinbosari;
  • Jahongir Po‘latov — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy okrugi xizmat boshlig‘i;
  • Akmal Ro‘zmetov — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Azamatjon Saliyev — Andijon viloyati Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
  • Umidjon To‘laganov — Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chirchiq shahar yong‘in qutqaruv otryadi komandiri;
  • Jonibek Farmonov — Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi katta muhandis-yo‘riqchisi;
  • Husniddin Hakimov — Namangan viloyati Pop tumani prokurori;
  • Umid Halikov — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i;
  • Farhod Xasanov — Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
  • Shahob Hayitov — Buxoro viloyati Romitan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
  • O‘ktam Eshtuxtarov — Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori.

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Sherzod Dehqonbayev — Ichki ishlar vazirligi jangovar, xizmat va jismoniy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori;
  • Shuxratbek Mirsadatiy —  Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari guruh mutaxassisi.

“Shuhrat” medali bilan

  • Jamoliddin Abdurahmanov — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ikkinchi mintaqaviy hudud yo‘l-patrul xizmati otryadi inspektori;
  • Ne’matjon Avazov — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyati Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i;
  • Ismoil Ortiqboyev — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Odiljon Bahromov — Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Hamidjon Bekmuratov — Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandirining yordamchisi;
  • Andrey Belov — Mudofaa vazirligi harbiy qism sex radiomexanigi;
  • Sardor Berdiyev — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
  • Abduravuf Bobomurodov — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari guruh komandiri;
  • Anvar Jumayev — Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokurorining o‘rinbosari;
  • Doniyorjon Jumayev — Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
  • Marat Yerejepov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Janabay Jamalov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani prokurorining o‘rinbosari;
  • Ortiqboy Ziyoboyev — Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • Bunyodbek Kozimov — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vzvod nazoratchisi;
  • Jamshid Qudratov — “Vostok” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Davlat unitar korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari;
  • Botirali Quvanov — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Abdujabbor Qurbanov — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash otryadi komandiri;
  • Rustamali Luqmonov — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimi;
  • Adhamali Mamadaliyev — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori;
  • Farruh Mirzoyev — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Ma’rufjon Muydinov — Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiya mutaxassisi;
  • Kamol Mo‘minov — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Olimjon Muhamedov — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Alisher Muhammadiyev — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori;
  • To‘lqinjon Nazarov — Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi yo‘riqchi-qutqaruvchisi;
  • Furqat Normatov — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandirining o‘rinbosari;
  • Barat Rajabov — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni safdor xodimi;
  • Marhabo Rasuleva —  Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Jalolxon Rahmonov — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i;
  • Roza Rozmuhamedova —  Toshkent shahar Olmazor tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Umidbek Ro‘zmetov — Xorazm viloyati Xazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Temur Turdialiyev — Andijon viloyati Andijon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruv qismi boshlig‘i;
  • Aziz Usmonov — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati brigadasi otryad komandiri;
  • Sanjar O‘tayev — Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti vzvod komandiri;
  • Boymurza Utambetov — Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti katta inspektori;
  • Nurmat Hamdamov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh yuriskonsulti;
  • Oybek Xojimatov — Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Shukurjon Xolmatov — Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani adliya bo‘limi boshlig‘i;
  • Oybek Xo‘jayev — Xorazm viloyati Xonqa tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Maftunbek Ergashev — Namangan viloyati Norin tumani ichki ishlar bo‘limi tezkor vakili;
  • Fahriddin Eshmuratov — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati otryadi inspektori.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 29 yilligi munosbati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlarini mukofotlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.