Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy Osiyo mamlakatlari XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi besh tomonlama davlatlararo hujjatni birgalikda tayyorlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Yangi O‘zbekiston” gazetasida bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Vazir mintaqada hamkorlikning yangi formati — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvlari yaratilganligini eslatib o‘tgan. Xususan, 2019-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sammitda mintaqada yaqinlashish tendensiyasining “tarixiy sharoitda aniqlangan haqiqat” ko‘rsatilgan qo‘shma bayonot qabul qilingan.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tomonlar o‘rtasidagi muloqotga ko‘maklashib, Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol ishtirok etayotganini qayd etgan.

Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avgust oyiga Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchinchi maslahatlashuv uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sabab kuzga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi