Belgiyaning Xasselt universiteti tadqiqotchilari yashil tabiat qo‘ynida ulg‘aygan bolalarning IQ darajasi yuqori bo‘lishini aniqladi, deb xabar beradi Euronews Living.

Foto: Pixabay

Ma’lum qilinishicha, ular turli mintaqalarda istiqomat qiluvchi 10-15 yosh oralig‘idagi 600 dan ortiq bolaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, kognitiv rivojlanish darajasi va tabiat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa borligini aniqlagan.

Shunday qilib, yashil makonlarning 3 foizga ko‘pligi bolaning IQ’sini o‘rtacha 2,6 punktga ko‘targan. E’tiborli jihati, ushbu model barcha ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlardagi bolalarda qayd etilgan. Bu tabiat va kognitiv rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat oiladagi tarbiya va uning moliyaviy ahvoliga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Olimlarning taxminicha, yashil hududlarda istiqomat qiluvchi bolalar kamroq stressga uchraydi, shovqindan kamroq aziyat chekadi va ijtimoiy o‘yinlar uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, yashillik ekologik ustunlikka ega, havoning ifloslanishini, shovqin va issiqlikni kamaytiradi. Shu bilan birga, bu bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi hamda ularning ijtimoiy hamjihatligiga ko‘maklashadi.