Qashqadaryoga olib kelinishi rejalashtirilgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona avtobus Qarshi shahriga yetib keldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati xabar bergan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati

30 ta avtobusda yo‘lovchilar uchun maksimal darajada qulayliklar yaratilgan. Transport vositalari yumshoq o‘rindiqlar, sovitkich vositalari, salondagi iqlim nazorati, mukammal xavfsizlik tizimlariga ega.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati

Avval Qashqadaryoga 50 dona Isuzu yangi avtobuslari olib kelingan. Avtobuslar transport boshqarmasi qoshida ochilgan “Trans avto Qarshi” shu’ba korxonasi ixtiyoriga berilishi va Qarshi shahridagi muhim yo‘nalishlarga joylashtirilishi ma’lum qilingandi.

Avval Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hamda poytaxt aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri “Mashinasozlar” metro bekati—Bo‘stonliq “Yusufxona qo‘rg‘oni” yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi, 2020-yil 22-avgustdan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09:00 dan Buxoro shahri—Yetti pir ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.